Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumani innovatsion hududga aylantiriladi
Joriy yilning 21 avgust kuni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Toshkent shahri Olmazor tumani hokimi Azizxon Umarxonov Olmazor tumanini innovatsion hududga aylantirish yuzasidan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzoladi.

Memorandum Toshkent shahri Olmazor tumani hokimligi va Innovatsion rivojlanish vazirligining Toshkent shahri Olmazor tumanini innovatsion hududga aylantirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik faoliyati yo‘nalishlarini ifoda etadi.
Unga ko‘ra, Innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, jumladan, yangi qurilmalar, materiallar va texnologiyalarni Olmazor tumanda joriy etish, o‘zaro manfaatdor yo‘nalishlarda hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqotlar uchun zamin yaratish hamda tumanning zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini takomillashtirish nazarda tutilgan.
Endilikda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va uning doirasida ilmiy-tadqiqotlarni tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Bunda Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy, startap loyihalar tanlovlarini tashkil etish, o‘tkazish, g‘oliblarni tanlab olish ishlarini amalga oshiradi, tanlovga taqdim etilgan loyihalarni tanlov komissiyasiga kiritadi va vazirlik hay'ati hamda moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan muvaffaqiyatli o‘tgan loyihalarini moliyalashtirish masalasini ko‘rib chiqadi.
Toshkent shahri Olmazor tumani hokimligi, o‘z navbatida, tumanda innovatsion loyihalarni amalga oshirish va joriy etish maqsadida mahalliy hokimiyat budjeti hisobidan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratadi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun o‘rnatilgan tartibda joylarni belgilaydi.
Mavzuga oid

20:53 / 01.07.2025
«Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik» ekotizimi joriy etiladi

22:03 / 13.06.2025
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi

19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi

13:18 / 12.05.2025