21 yoşli turkmanistonlik Polina Gureva Tokio olimpiadasining toş kötariş bahslarida kumuş medalni qölga kiritgandi. 59 kg vazn toifasidagi bahslarda qatnaşgan oğir atletikaçi Turkmaniston sporti tarixida ilk marta olimpiada öyinlarida medal olgan atletga aylandi.

Turmkaniston hukumati sportçini qimmatbaho sovğalar bilan taqdirladi. Unga mamlakat poytaxtidan 3 xonali elit kvartira, 50 ming dollar mukofot va «Lexus 570 Sport Plus 2021» markali yöltanlamas maşina sovğa qilindi. Şuningdek, sportçining birinçi murabbiyi Axmed Sariyev «Turkmaniston mustaqilligiga bölgan ulkan muhabbat» ordeni bilan mukofotlandi. Oğir atletika böyiça Turkmaniston milliy jamoasi murabbiyi Artur Emiryanga «Toyota Camry» maşinasi sovğa qilindi.

Turkmaniston prezidentining Polina Gurevaga yöllagan tabrik xatini prezidentning öğli Serdar Berdimuhammedov öqib berdi. Unda Gurevaning Tokioda medal qölga kiritgani mamlakatda sportçilarga yaratilgan ulkan imkoniyatlar samarasi ekani aytildi.

Ma'lumot uçun, Tokio olimpiadasida Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxşi natijani Özbekiston qayd etdi. Özbekistonlik atletlar 3 ta oltin va 2 ta kumuş bilan mintaqaning eng yaxşisi, umumjamoa hisobida 32-örinda böldi. 2 ta kumuş va 1 ta bronza qölga kiritgan Qirğiziston 70-örinni, 1 ta kumuş bilan Turkmaniston 77-örinni, 8 bronza bilan Qozoğiston 83-örinni qölga kiritdi. Tojikiston delegatsiyasi Tokiodan medalsiz qaytdi.