22:12 / 25.08.2021
9727

OFK Kubogi. 5ta gol kiritilgan bahsda «Nasaf» ««Ahal»ni mag‘lub etib, yarimfinalga chiqdi

OFK Kubogi 1/4 finali doirasida Qarshining «Nasaf» jamoasi o‘z maydonida Turkmanistonning «Ahal» jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Marko Stanoyevich hisobni ochgan bo‘lsa, 6 daqiqa o‘tib yana bir legioner Andriya Kaluderovich hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi – 2:0.

Ikkinchi bo‘limda esa mehmonlar o‘yinning borishini o‘zgartirishdi. Elman Tagayev 
60-daqiqada ajoyib zarbasi bilan farqni qisqartirgan bo‘lsa, 9 daqiqa o‘tib penaltidan hisobni tenglashtirdi – 2:2.

77-daqiqaga kelib mezbonlarning hujumlaridan biri penalti bilan tugadi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Husayn Norchayev jamoasiga keyingi bosqich yo‘llanmasini keltiruvchi gol muallifiga aylandi – 3:2.

Shu tariqa Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari Markaziy Osiyo mintaqasi g‘olibi sifatida mintaqalararo yarimfinalga yo‘llanma oldi. Ushbu o‘yin ham Qarshida o‘tkaziladi.

25 avgust (chorshanba)
OFK Kubogi. Chorakfinal (Mintaqaviy final).

«Nasaf» - «Ahal» (Turkmaniston) – 3:2
Bosh hakam: Muhammad Al Xoish (Saudiya Arabistoni)
Gollar: Marko Stanoyevich 26, Andriya Kaluderovich 32, Husayn Norchayev 77 – Elman Tagayev 60, 69.
«Nasaf»: 1.Umidjon Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov, 8.Dilshod Saitov, 10.Bahrom Abdurahimov (70.Abubakr Rizo Turdaliyev, 62), 19.Husayn Norchayev, 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov (7.Doniyor Narzullayev, 90+3), 88.Marko Stanoyevich, 92.Umarbek Eshmurodov, 99.Andriy Kaluderovich (20.Suhrob Nurulloyev, 62)
«Ahal»: 1.Rasul Choriyev, 3.Gurbanguli Ashirov, 5.Abdi Bashimov (11.Didar Durdiyev, 86), 7.Elman Tagayev, 9.Mirza Beknazarov (13.Shohrat Suyunov, 73), 10.Gurban Annayev (6.Arzuvguli Saparguliyev, 86), 14.Meylis Diniyev (12.Ibrahim Mamedov, 56), 21.Rasul Hojayev, 23.Xoshgeldi Xojovov (20.Pirmirat Sultanov, 56), 29.Serdar Geldiyev, 71.Ata Geldiyev.

«Nasaf» 22 sentabr sanasida Hindistonning «Mohun Bagan» klubiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Qarshida o‘tkaziladi.

Top