Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Afg‘onistondan o‘zining va boshqa davlatlarning fuqarolari evakuatsiyasini boshladi
Rossiya mudofaa vazirligi Afg‘onistondan Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ukrainaning 500dan ko‘proq fuqarosini olib chiqish uchun 4ta harbiy-transport samolyotini jalb qildi. Samolyotlar qisqa muddatlarda Ulyanovsk aerodromida mujassam qilinadi.
“25 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirig‘i bilan mudofaa vaziri Sergey Shoygu tomonidan Afg‘onistondan harbiy-transport aviatsiyasi samolyotlari yordamida Rossiya Federatsiyasi, KXShTga a'zo davlatlar va Ukrainaning 500dan ko‘proq fuqarosining evakuatsiyasi tashkillashtirildi”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Ma'lum qilinishicha, evakuatsiya uchun jalb qilingan har bir samolyot Afg‘onistondan olib chiqiladigan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun harbiy shifokor va hamshiralar brigadalari, zarur uskunalar hamda dori-darmonlar, ichimlik suv, oziq-ovqat va adyollar bilan ta'minlangan.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026