19:51 / 26.08.2021
3789

Samarqand tumaniga yangi prokuror tayinlandi

Samarqand viloyati Samarqand tumaniga yangi prokuror tayinlangan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2021 yil 20 avgustdagi 1195-raqamli buyrug‘i asosida Ulug‘bek Muhammadiyev Samarqand tumani prokurori lavozimiga tayinlangan. Bu haqdagi buyruqni Samarqand tumani prokuraturasida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat prokurori R. Masharipov o‘qib eshittirgan.

Qayd etilishicha, U.Muxammadiyev mazkur tayinlovgacha viloyat prokurorining voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlab kelgan.

Top