Samarqand viloyatining ikkita tumanida uçta tarixiy masjid binosi buzib taşlangan. Yana bitta tarixiy yodgorlik tegişli ruxsat olinmasdan ta’mirlangan. Bu haqda Boş prokuratura xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda ötkazilgan nazorat tadbirlarida Samarqand viloyatidagi XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib taşlangani hamda 1 tasi tegişli ruxsatsiz ta’mirlangani aniqlangan.

Oqibatida tarixiy yodgorliklarga jami 46,8 mlrd sömlik zarar yetkazilgan.

Xususan, Kattaqörğon tumanidagi “Kuşoq ota” masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 mlrd söm, Urgutdagi “Ahmad Yassaviy” va “Hoji Örinboy” masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 mlrd sömlik zarar yetkazilgan.

Şuningdek, Samarqand tumanidagi “Kulba” arxitektura yodgorligi ruxsatsiz ta’mirlangani oqibatida tarixiy yodgorlikka 10,2 mlrd sömlik zarar yetkazilgan.

Qayd etilişiça, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.