Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda noodatiy videolavha tarqaldi. Unda quriliş uçun örnatilgan havozaga çiqqan yigit balandlikdan avtomobil qatnov yöliga yiqiladi va şu zahoti harakatlanib kelayotgan maşina uni urib yuboradi. Videodagi yigitning ahvoli va voqea qayerda sodir bölgani şu paytgaça noma’lum bölib qolayotgandi. Voqea iştirokçilari tahririyat bilan boğlandi va Kun.uz muxbiri hodisa joyidan reportaj tayyorladi.

Ma’lum bölişiça, hodisa joriy yilning 24 iyun kuni Samarqand tumani Qumzor mahallasidagi Termiz köçasida sodir bölgan. Bir qaraşda kulgili tuyulgan bu holat aslida jiddiy baxtsiz hodisaga aylanişi mumkin edi.

Lisadan yiqilgan yigit Rajab Rajabov – Kun.uz bilan suhbatda omon qolgani baxtli tasodif ekanini aytmoqda. Rajabovning aytişiça, u kunlik quriliş-ta’mirlaş işlari bilan şuğullanadi. Öşa kuni işini deyarli yakunlab qolgan bölgan va şoşilinç lisaga çiqqan. Özining qaltis harakati sabab tepada muvozanatni yöqotgan va serqatnov köça tomon qulagan.

“Lisadan yiqiliş çoğida oyoğim bilan tuşdim va öşa zahoti maşina urib yubordi. Meni xudo asradi, kimnidir ayblamayman, aksinça, haydovçi menga öz vaqtida zarur yordamni körsatdi. Tez yordam maşinasi orqali şifoxonaga olib borişdi, oyoğimni gips qilişdi, hozir yaxşiman”, dedi Rajabov.

Haydovçi Anvar Ma’rupovning aytişiça, öşa paytda katta tezlikda bölmagan.

“Men bu yigit işlayotgan joyga juda yaqin kelgandim. Tepadan nimadir tuşayotganini zörğa körib qoldim va maşinani çap tomonga burdim. Öşa paytda juda qörqib ketdim va maşinadan tuşdim. Şukurki, yigit harakatlanayotgandi, yuzini tösib turgan ekan. Keyin unga yordam berişga şoşildim. Tez yordam orqali şifoxonaga bordik, yigitning oyoğini gips qilişdi, şundan keyin uning özi va yaqinlari bilan aloqada bölib turdim. Ular menga heç qanday da’vo qilişmadi. Voqea oğir oqibatlarga sabab bölmagani uçun ham huquq-tartibot idoralariga murojaat qilmadik. Bu holat yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan söng, IIB xodimlari men bilan boğlanişdi. Ularga ham vaziyatni tuşuntirdik. Baribir ekspertizadan ötişimiz kerakligini aytişdi, endi ularning xulosasini kutyapmiz”, dedi haydovçi. 

Anvarning sözlariga köra, voqeadan söng u şikastlangan maşinasini öz hisobidan ta’mirlatgan va Rajab bilan döstona munosabatni saqlab qolgan.

Ma’lum bölişiça, odatda bu köça ança serqatnov hisoblanadi. Rajab yiqilgan vaqtda jiddiy falokat böliş ehtimoli ham ança yuqori edi. Yigitning baxtiga öşa kuni köçada qatnov kam bölgan.