02:45 / 26.08.2021
15355

YeChL guruh bosqichiga yo‘l olgan barcha jamoalar ma'lum bo‘ldi (qur'a savatchalari)

Yevropa Chempionlar Ligasida saralash bahslari yakuniga yetdi va guruh bosqichiga yo‘l olgan barcha 32 jamoa nomi ma'lum bo‘ldi. 

4-saralash bosqichidan so‘ng «Zalsburg», «Benfika», «Yang Boyz», «Malmyo», «Shaxtyor» va «Sherif» klublari turnirning asosiy bosqichiga yo‘llanma olishdi. E'tiborlisi, Moldova jamoasi guruh bosqichida debyut qiladi.

26 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da guruh bosqichiga qur'a tashlanadi. Savatchalar quyidagicha ko‘rinish oldi: 

1-savatcha
«Chelsi» (Angliya) 
«Vilyarreal» (Ispaniya) 
«Atletiko» M (Ispaniya) 
«Manchester Siti» (Angliya)
«Bavariya» (Germaniya) 
«Inter» (Italiya) 
«Lill» (Fransiya) 
«Sporting» (Portugaliya) 

2-savatcha
«Real» (Ispaniya) 
«Barselona» (Ispaniya) 
«Yuventus» (Italiya) 
«Manchester Yunayted» (Angliya) 
«PSJ» (Fransiya) 
«Liverpul» (Angliya) 
«Sevilya» (Ispaniya) 
«Borussiya» D (Germaniya) 

3-savatcha
«Portu» (Portugaliya) 
«Leytspig» (Germaniya) 
«Ayaks» (Niderlandiya) 
«Atalanta» (Italiya)
«Zenit» (Rossiya) 
«Benfika» (Portugaliya) 
«Zalsburg» (Avstriya)
«Shaxtyor» (Ukraina)

4-savatcha
«Beshiktosh» (Turkiya) 
«Dinamo» K (Ukraina)
«Bryugge» (Belgiya) 
«Milan» (Italiya)
«Volfsburg» (Germaniya) 
«Yang Boyz» (Shveytsariya) 
«Malmyo» (Shvetsiya)
«Sherif» (Moldova)

Eslatib o‘tamiz, bir savatchadan o‘rin olgan yoki bir mamlakatdan bo‘lgan jamoalar guruh bosqichida ro‘baro‘ kelmaydi.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top