Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
2025-26 yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi yarimfinalining ikkinchi juftlik javob o‘yini o‘tkazildi.
Londondagi o‘yinda "Arsenal" ustidan kichik hisobda g‘alaba qozongan "PSJ" o‘z uyida ham ustun keldi – 2:1. Maydon egalari safida Ruis hamda Hakimi 1tadan gol urgan bo‘lsa, "Arsenal"ning yagona goliga Saka mualliflik qildi.
"PSJ" 1 iyun kuni finalda "Inter"ga qarshi maydonga chiqadi.
Yevropa Chempionlar Ligasi. Yarimfinal. Javob o‘yini.
PSJ (Parij, Fransiya) – Arsenal (London, Angliya) 2:1
Gollar: Ruis 27, Xakimi 72 – Saka 76
PSJ: Donnarumma – Xakimi, Markinos, Pacho, Mendesh (G. Ramush 88) – J. Nevesh, Vitinya, Ruis – Barkola (Dembele 70), Due (Lyuka Ernandes 74), Kvaratsxeliya
Arsenal: Raya – Timber (Vayt 83), Saliba, Kivor, Lyuis-Skelli (Kalafiori 68) – Edegor, Parti, Rays – Saka, Merino, Martinelli (Trossar 69)
Ogohlantirishlar: Mendesh 18, Kvaratsxeliya 86 – Rays 26, Lyuis-Skelli 56, Kalafiori 86, Saka 86
Amalga oshirilmagan penalti: Vitinya 69
Ilk uchrashuv: 1:0
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026