Çempionlar Ligasi. Yarimfinal, birinçi öyin
«Barselona» – «Inter» 3:3
Gollar: Yamal 24, Torres 38, Zommer (avtogol) 65 – Tyuram 1, Dyumfris 21, 64
«Barselona»: Şçensni, Martin (Arauxo 46), Martines, Kubarsi (Kristensen 83), Kunde (Garsiya 42), Pedri (Gavi 83), de Yong, Olmo (Lopes 67), Rafinya, Torres, Yamal
«Inter»: Zommer, Bastoni, Açerbi, Bisek, Dimarko (Karlos Augusto 55), Mxitaryan, Çalxonöğli (Frattezi 71), Barella, Dyumfris (Darmian 81), Tyuram (Zelinski 81), Martines (Torimiy 46)
Ogohlantirişlar: Kubarsi 70 – Çalxonöğli 59

Hans-Diter Flik Ispaniya kubogi finalidagi ğalabadan keyin şogirdlarida navbatdagi muhim öyin uçun energiya yetişi borasida xavotirda bölgani tayin. Ammo u bunday yomon startni kutmagani aniq – «Barselona» 33-soniyadayoq gol ötkazib yubordi. «Inter» mezbonlarning yuqori joylaşgan himoya çiziğidagi xatodan foydalandi. Hujumning ikkinçi tempida Barella Kunde qaytargan töpni egalladi va öng qanotga, Dyumfrisga uzatdi, u esa jarima maydoni markazida turgan Tyuramni topdi. Jarohatidan yaqinda foriğ bölgan fransuz hujumçisi esa şunçaki ajoyib öynadi. Uning tovoni bilan urgan goli Çempionlar ligasining bu mavsumdagi eng yaxşi goli deb topilişi mumkin. Bu vaziyatda «Barsa» markaziy himoyaçisi Martines yiqilib tuşgani ham unga qöl keldi.

Kök-anorranglilar darhol oldinga taşlandi va raqibni jarima maydoni içiga qamab qöyişga harakat qildi, kuçli pressing uyuştirildi va töp tez qaytarib olinaverdi. «Neradzurrilar» jarima maydoni içida de Yong va Yamal yiqilib penalti söraşdi, ammo hakam ularga işonmadi. Vaziyat mezbonlarning goliga qarab ketayotgandi, «Barsa»ning standart vaziyatlari ham xavfli tus olgandi. Ammo birinçi bölim örtalarida «Inter» burçak zarbasidan ikkinçi golini urdi. Birinçi golga assistentlik qilgan Dyumfris jarima maydoni içida Açerbi taşlab bergan töpni akrobatik uslubda darvoza töriga yölladi.

«Barselona» muxlislari tinçib qolişdi. Bölim davomida öyinning 70 foiz vaqtida töpga egalik qilgan va tinimsiz kombinatsiya uyuştirgan Flik şogirdlari «Inter» jarima maydoniga markazdan yorib kira olişmadi, mehmonlar bu hududni markaziy himoyaçilar uçligi, şuningdek havbeklar va forvardlar orqali betonlab qöygandi.

Şunday pallada Yamal katta sahnaga çiqdi. Uşbu ösmir amalga oşirgan harakatlarni söz bilan ifodalaş qiyin. «Barsa» hujum çiziğidagi asosiy voqealar öng qanotda röy bera boşladi. Avvaliga Lamin Dimarkoni hamda uning ortidagi Mxitaryan va Bastonini doğda qoldirib, xavfli zarba yölladi. Köp ötmay esa baribir şedevr golini urdi: töpni Tyuramdan olib qöyib oldinga yurdi, Genrixni aldab ötdi va himoyaçilar ortidan kutilmaganda zarba berib qoldi – töp avvaliga ustunga tegdi, keyin darvoza töriga borib tuşdi. Zommer joyidan qimirlay olmadi.