Mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida texnologiyalar taraqqiyoti bugungi kunda har qaçongidan ham muhimroq ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, sönggi yillarda paxta tozalaş sanoatini rivojlantiriş borasida olib borilayotgan ilmiy izlanişlar özining ijobiy natijalarini bera boşladi, sohaga resurs tejamkor texnika va texnologiyalarni tatbiq etiş orqali paxtani qayta işlaş korxonalari faoliyatining samaradorligini oşirişga erişilmoqda.
Joriy yilda özining 95 yillik bayramini nişonlayotgan “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ mazkur yönalişdagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlaştiruvçi yetakçi muassasa hisoblanadi. Uning tarixi sobiq ittifoq Boş paxta qömitasining 1926 yil 3 sentyabrdagi qarori asosida boşlangan. Mazkur qarorga binoan, Toşkent şahridagi 50-sonli zaxira zavodi ilmiy muassasa vazifalariga ega bölgan Birinçi tajriba paxta tozalaş zavodiga aylantirilgan.
Turkistonda 1917 yilgaça mavjud bölgan 296 ta paxta tozalaş korxonalaridan qolganlari orasidan tanlab olingan tajriba zavodida paxtani qayta işlaşning muammolarini ilk bor ilmiy yondaşuvlar asosida hal etişga kirişilgan.
1936 yilda tajriba zavodi “Paxta tozalaş sanoatining markaziy ilmiy-tadqiqot instituti” (“TsNIIXprom”)ga aylantirilgan va uşbu muassasa sobiq ittifoqning paxta yetiştiruvçi respublikalarida paxtani dastlabki qayta işlaş sohasining barça masalalarini muvofiqlaştiruvçi ilmiy taşkilot sifatida uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yil 23 fevralda qabul qilingan “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-3559-sonli qarori respublika paxta sanoatida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantiriş uçun huquqiy zamin yaratdi.
Mazkur qarorga asosan “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyatiga paxtani qayta işlaş sohasidagi yagona davlat ilmiy-texnikaviy siyosatini işlab çiqiş va amalga oşirişda iştirok etiş, paxtani dastlabki qayta işlaş doirasida ilmiy-texnikaviy va innovatsion faoliyatni amalga oşiriş, tarmoq korxonalari faoliyatini reglamentlaştiruvçi me'yoriy-texnik, instruktiv va taşkiliy-uslubiy hujjatlarni işlab çiqiş, öquv jarayonlari orqali sohadagi mutaxassislarning malakasini oşiriş, yangi mahalliy ilmiy, yuqori unumli va raqobatbardoş texnologik asbob-uskunalarni, ilmiy izlanişlardan to yakunlangan ilmiy-texnik mahsulotgaça bölgan töliq innovatsion davrni yaratiş va paxta tozalaş korxonalariga joriy etiş doirasida ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik işlarini amalga oşiriş vazifalari yuklatildi.

Ilmiy markaz ekspertlari iştirokida işlab çiqilgan va Prezidentimizning PQ-3559 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasida paxtani dastlabki qayta işlaş texnikasi va texnologiyasini 2018-2020 yillar davrida rivojlantiriş böyiça tadbirlar Dasturi” doirasida ötgan yillar davomida bir qator işlar amalga oşirildi.
Ilmiy izlanişlar doirasida olimlarimiz tomonidan uruğlik çigit tayyorlaş, maşinada terilgan paxtani samarali tozalaş uskunalari, takomillaştirilgan paxta quritkiç, çiqindilardan tolani ajratuvçi regenerator, avtomatlaştirilgan zamonaviy energotejamkor jin uskunasi, takomillaştirilgan tola tozalagiç, avtomatlaştirilgan linter uskunasi, paxta tolasining sifat körsatkiçlarini aniqlovçi akustik pribor, paxta xomaşyosi navining iflosligini va namligini aniqlovçi avtomatlaştirilgan laboratoriya uskunasi, çigitning tukdorligini ekspress aniqlovçi akustik uskunalar yaratilib, işlab çiqarişga joriy qilindi. Davlat ilmiy-texnik loyihalari böyiça 2018-2020 yillar mobaynida 9 ta mavzuda ilmiy-tadqiqot işlari olib borildi, paxtani qayta işlaş böyiça yaratilgan yangi turdagi işlanmalar böyiça 50 dan ortiq patentlar olindi.

8DP-90 rusumli arrali jin va ikki barabanli tola tozalagiç respublikada bir neçta paxta tozalaş korxonalariga joriy qilingan.
Jumladan, paxta xomaşyosini qabul qilişda şaffoflikni ta'minlaş uçun elektron tarozilar tizimi va qabul qilinayotgan paxta xomaşyosi sifatini tezkor aniqlaş mexanizmi yaratildi, paxta xomaşyosining qayta işlanişidan olinadigan mahsulotlar va işlab çiqariş jarayonidagi kuyindilar me'yorlari, paxtani tayyorlaş, taşiş va saqlaş jarayonidagi yöqotişlarning oldini oliş, paxta tozalaş korxonalarida foydalaniladigan materiallar sarfi, respublika dalalarida yetiştirilgan paxtaning rayonlaştirilgan va yangi joriy etilgan navlarining sanoatda qayta işlanişi böyiça tegişli tavsiyalar, sohaviy me'yorlar va yöriqnomalar işlab çiqildi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 martdagi “2020-2021 yillarda içki bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni işlab çiqarişni mahalliylaştiriş dasturi töğrisida”gi 136-sonli qaroriga asosan 2020 yilda ilmiy markaz iştirokidagi loyihalar doirasida umumiy qiymati 1,6 mlrd sömlik 8 turdagi mahsulotlar işlab çiqarildi.
"Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ paxta va paxta mahsulotlarini standartlaştiriş böyiça bazaviy taşkilot sifatida ilmiy markaz qoşidagi “Paxta” texnik qömitasiga a'zo idoralar bilan birgalikda 40 tadan ortiq amaldagi davlat standartlari böyiça mahsulotlarning sifatiga belgilangan talablarni körib çiqadi. Ayni vaqtgaça paxta, paxta tolasi, texnik çigit, paxta momiği böyiça texnikaviy şartlar va uşbu mahsulotlarga tegişli sinaş usullarining davlat standartlari xalqaro va rivojlangan davlatlar standartlari bilan uyğunlaştirilib, zamon talablari asosida tegişli özgartirişlar kiritildi. Şuningdek, ilmiy markaz qoşidagi standartlaştiriş böyiça MTK-292 Davlatlararo texnik qömita tomonidan respublikamizning davlat standartlari asosida işlab çiqilgan hamda paxta yetiştiruvçi hamdöstlik mamlakatlari foydalanişi uçun möljallangan davlatlararo standartlarga kiritilayotgan özgartirişlarni belgilangan tartibda kelişiş va tasdiqlaş jarayonlari davom etmoqda.
Bugungi kunda "Paxtasanoat ilmiy markazi" AJda mamlakatimiz paxta-töqimaçilik klasterlari tarkibidagi paxtani dastlabki qayta işlaş korxonalari uçun paxta xomaşyosining taşqi köriniş namunalari (etalonlari)ni tayyorlaş, markaziy va tayyorlov maskan laboratoriyalari faoliyatida zarur bölgan ölçaş, sinaş, tahlil qiliş böyiça uskuna va jihozlarni işlab çiqariş hamda ularni ta'mirlaş, texnologik reglament asosida uskunalarning oraliq qistirmalari va aerodinamikasini sozlaş, zamonaviy laboratoriyada klasserlik usulida tolaning nav va sinfini aniqlaşni örgatadigan “klasserlik maktabi” ham taşkil qilingan. Tolaning yigiruvçanligi va kalava ipning nisbiy mustahkamligini aniqlaş böyiça dastlabki tahlillarni ötkaziş, paxtani qayta işlaş uçun yangi turdagi ilmiy işlanmalar asosida yaratilgan maşina va mexanizmlarni hamda ehtiyot qismlar namunasini işlab çiqariş, ularni ta'mirlaş böyiça malakali mutaxassislar tayyorlaş, paxtani qabul qiliş maskanlari hamda paxta tozalaş korxonalarida işlayotgan mutaxassislar uçun qisqa muddatli öquv kurslarini taşkil etiş orqali ularning malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş yölga qöyilgan. Jamiyat tarkibidagi malaka oşiriş markazi tomonidan 2018-2020 yillar davomida viloyatlar böyiça soha korxonalaridan jami 1700 ga yaqin mutaxassis xodimlarning öquv markazining özida va hududlarga taşrif buyurgan holda malakasini oşirişga erişildi. Şuningdek, paxta tozalaş korxonalarini paxta qabul qiliş mavsumiga tayyorlaş va yaratilgan yangi işlanmalar bilan taniştiriş maqsadida turli seminarlar taşkil qilindi.

Ilmiy markaz xalqaro miqyosda ham sohaning malakali xorijiy mutaxassislari va tadqiqotçilari bilan tajriba almaşib, ilmiy-amaliy anjumanlarda mintaqaviy va global muammolar yuzasidan öz takliflarini taqdim etib kelmoqda. Sönggi yillarda ilmiy muassasaning Xalqaro paxta uyuşmasi, Paxta böyiça xalqaro konsultativ qömita, Xalqaro paxtani tadqiq qiliş assotsiatsiyasi, Osiyo paxtaçilik tadqiqot va taraqqiyot tarmoği bilan özaro hamkorligi yangi bosqiçga kötarildi. 2018-2020 yillar davomida Paxta böyiça xalqaro konsultativ qömita (ICAC) ning Kot-d’Ivuar Respublikasi hamda Avstraliyada bölib ötgan yalpi majlislarida, Tayvanda va AQŞda taşkil etilgan ilmiy anjumanlarida özbek delegatsiyasi ham iştirok etdi. Mazkur qömita rahbarligida 2019 yilda Toşkentda ötkazilgan yiğilişda ilmiy markaz rahbari ikki yil muddatga Osiyo paxtaçilik tadqiqot va taraqqiyot tarmoğining raisi etib saylandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Ilm-fanni 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi”ning ustuvor yönalişlaridan biri sifatida ilm-fan sohasida boşqaruv tizimini takomillaştiriş maqsadida ilmiy taşkilotlarning ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini baholaşga yönaltirilgan milliy reyting tizimini joriy etiş belgilangan bölib, unga asosan Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan 26 ta vazirlik va idora tasarrufida faoliyat körsatayotgan jami 105 ta ilmiy taşkilotlardan sörov asosida ularning ilmiy-innovatsion faoliyatiga oid 27 yönaliş böyiça 75 ta körsatkiçdan iborat rasmiy ma'lumotlar tahlil qilindi, uning natijalariga köra ilmiy taşkilotlarning 2020 yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari böyiça milliy reytingi işlab çiqildi.
Ilmiy taşkilotlarning 2020 yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari böyiça e'lon qilingan milliy reytingda “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ 105 ta ilmiy muassasa orasida faxrli 4-örinni egalladi.
“Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ Matbuot xizmati Ⓣ











