O‘zbekiston | 21:16 / 29.08.2021
10352
2 daqiqa o‘qiladi

«Yangi O‘zbekiston» bog‘i orqali o‘tgan yo‘lda harakat cheklanadi

Yangi barpo etilgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Mustaqillik kuni nishonlanishi tufayli Toshkentni Chimyon bilan bog‘lovchi yangi yo‘lda 31 avgustdan 2 sentyabrgacha transport harakati cheklanadi.

Toshkentni Chimyon bilan bog‘lovchi yangi yo‘lda 31 avgustdan 2 sentyabrgacha transport harakati cheklanadi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB xabar qildi.

«Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida, Qibray tumanida barpo etilgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, 2021 yil 31 avgust hamda 1-2 sentabr kunlari mazkur bog‘ atrofida, Temur Malik hamda Ohangaron shoh ko‘chalari kesishmasidan boshlab «Maxtumquli-Istiqlol» avtomobil yo‘li bo‘ylab 4R-12 «Bektemir-Chorbog‘» avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan masofada transport vositalari harakati cheklanishi mumkin», deyiladi xabarda.

Haydovchilarga Temur Malik hamda Ohangaron shoh ko‘chalari kesishmasidan boshlab «Maxtumquli-Istiqlol» avtomobil yo‘li bo‘ylab 4R-12 «Bektemir-Chorbog‘» avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan masofani boshqa yo‘llar orqali aylanib o‘tish tavsiya qilingan.

Mavzuga oid