Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda 9,2 milliard so‘mlik kripto-aktiv qurilmalaridan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi
Sirdaryo viloyati Xovos tumani hududida kripto-aktiv qurilmalaridan (Mayning-ferma) noqonuniy foydalanish holatini aniqlash borasida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Xovos tumanida yashovchi fuqaro E.D.ning yashash xonadoni yordamchi xo‘jalik binolari ko‘zdan kechirilganida, fuqaro X.I. kompyuter ehtiyot qismlaridan (videokarta, blok pitaniya, xotira kartasi, plata) qo‘lbola usulda yasalgan, katta hajmdagi kripto-aktiv qurilmalaridan (Mayning- ferma) litsenziyasiz noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda 265,2 mln so‘m miqdorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlanib, belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi. Fuqaro E.D. va X.I.lardan 11 turdan iborat jami 3529 dona, taxminiy qiymati 9,2 mlrd so‘mlik kompyuter qurilmalari va boshqa turdagi tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
Ushbu holat yuzasidan olib borilgan dastlabki tekshiruv va surishtiruv natijasida Koreya davlati fuqarosi S.Y. va O‘zbekiston fuqarosi X.I.lar o‘zaro oldindan til biriktirib, noqonuniy ravishda faoliyat olib borayotganligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda bojxona organlari tomonidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026