Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondan o‘nlab bolalar ota-onasiz evakuatsiya qilingan
O‘nlab afg‘on bolalari Afg‘onistondan ota-onasiz evakuatsiya qilingan. Bu haqda UNICEF‘ning Afg‘onistondagi vakili Erve Lyudovik de Lisga tayanib Afghanistan Times nashri xabar berdi. Uning ma'lum qilishicha, kamida 69 nafar balog‘atga yetmagan afg‘on mamlakatni kattalarsiz tark etgan.
Nashrning aytishicha, ayni vaqtda UNICEF boshqa davlatlarga keltirilgan afg‘on bolalari haqidagi ma'lumotlarni to‘plamoqda. Xalqaro tashkilot buni bolalar xavfsizlikda qolayotganiga ishonch hosil qilish maqsadida amalga oshirmoqda.
AQSh hukumatining ta'kidlashicha, Afg‘onistondan AQShga 34 bola ota-onasiz keltirilgan. Mamlakatning sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligida ta'kidlanishicha, Afg‘onistondan olib chiqilgan har bir bola qochqinlar masalalari bo‘yicha departamentga topshiriladi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026