Jahon | 07:54 / 31.08.2021
19247
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy koronavirus paydo bo‘lishining yangi versiyasini taklif qildi

Xitoyning kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazi mutaxassislari koronavirus Uhan shahriga muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlarida kirgan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilishdi. Bu haqda Global Times xabar berdi.

Foto: Reuters

“Xitoy 2020 yil aprelidagi virusning ilk tarqalishini ushlay olgandan keyin yozda Pekin va Dalyan shaharlarida virusning yana avj olishi kuzatilgan. Biz epidemiologik tadqiqot o‘tkazdik va virus Uhanga boshqa davlatlardan yoki mintaqalardan olib kirilganini tasdiqladik”, deb aytgan markaz vakili Ma Xueylay.

Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSh koronavirus paydo bo‘lishi masalasini siyosiylashtirishni bas qilishi kerakligini aytgan.

2020 yil yozda Dalyan shahrida virus tarqalishi kuzatilgan. U yerda dengiz mahsulotlari savdosi bilan bog‘langan “Kayyan shitsze” kompaniyasi xodimlari orasida virus tarqalishi qayd qilingan. 2020 yil oktyabrda markazning yetakchi mutaxassisi U Tszunyu virus tarqalishi Uhanga xorijdan keltiriluvchi dengiz mahsulotlari sababli yuz bergan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Shuningdek, AQSh razvedkasi koronavirus paydo bo‘lishi bo‘yicha o‘z hisobotini e'lon qilgan. Unda AQShning aksariyat davlat idoralari koronavirus gen injyeneriyasi yordamida yaratilmagan, deb hisoblashlari aytib o‘tilgan.

Mavzuga oid