Aslida Ğozğon şahrining dovruği azaldan dunyoga ketgan. Bu yerdagi konlardan qazib olingan, 35 xil rangni özida aks ettirgan marmar mahsulotlari dunyoning köpgina davlatlarida muhtaşam binolarga zeb berib turibdi.

Eron, Turkiya, Qozoğiston, Afğoniston, Tojikiston kabi davlatlarning tarixiy obidalarini restavratsiya qilişda, Moskva va Sankt-Peterburg şaharlaridagi metro bekatlari, vokzallar, Ostankino teleminorasi, Kiyevdagi “Ukraina” saroyi, Bakudagi 26-Baku komissari yodgorligi, Novosibirskdagi sirk binosi, Bişkekdagi drama teatri, Moskvadagi Tretyakov galereyasi qurilişida Ğozğon marmari işlatilgan.


Mamlakatimizdagi muzeylar, Alişer Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri, Özbekiston mehmonxonasi, köplab mehmonxonalar, saroy, muzey va boşqa obektlarning bezak işlarida Ğozğon marmaridan foydalanilgan.

Şahar hokimligi matbuot xizmatining ma'lumot berişiça, dunyoda tuzilişi jihatdan xilma-xil marmarning bir hududda uçraşi faqatgina Ğozğon şahrida kuzatiladi. Ayni vaqtda hududda 2 ta yirik marmar koni hamda “Paşot I” va “Galeryan” kabi granit konlari bor. Uşbu konlarning umumiy hajmi marmar böyiça 36 million m3ni, granit böyiça 108,3 million m3ni taşkil etadi. Bu marmar zaxirasi Navoiy şahri maydonidan qariyb 10 barobar, Ğozğon şahrining öz maydonidan esa qariyb 52 barobar katta degani. Bundan taşqari, hududda hali örganilmagan va geologiya qidiruv işlari ötkazilmagan konlar ham köp.

Alohida şahar maqomini olgaç, Ğozğonda asta sekinlik bilan özgarişlar amalga oşirila boşlandi. Ayni damda turli taşkilot va boşqaruv organlarining şahar bölimlari uçun ma'muriy binolari qurilmoqda, içki yöllar kengaytirilib, turli xizmat körsatiş obektlari taşkil etilyapti. Eng muhimi, hududda şaharning “taşrif qoğozi”ga aylangan “Marmarobod” tabiiy toşlarni qazib oliş va qayta işlaş klasteri iş boşladi.


















