Jörayev Nurali Şuhratoviç Ğozğon şahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xalq deputatlari Ğozğon şahri kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida viloyat hokimi Ğozğon şahri hokimi vazifasiga Jörayev Nurali Şuhratoviç tayinlanganligini e’lon qilgan. U tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hududlarni rivojlantiriş boşqarmasi boş mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritgan.
Nurali Jörayev 1988 yilda Qiziltepa tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini va Toşkent Davlat Iqtisodiyot universitetini iqtisodçi, buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
2020 yil noyabridan buyon Ğozğon şahriga rahbarlik qilib kelgan Azim Bozorov avvalroq prezident rahbarligida ötkazilgan yiğilişda faoliyatida tizimli kamçiliklarga yöl qöygani sababli işdan olingandi.











