Afğoniston Özbekistonga 16 ta yuk maşinasidagi Hirot oq marmarini taqdim etdi, deb xabar beradi Surxondaryo viloyati hokimligi. Ularni Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasi qurilişida işlatiş rejalaştirilmoqda.

Termiz xalqaro savdo markazida Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatilla Ergaşev, Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov, Afğoniston boş vaziri kotibiyati rahbari Mullo Abdul Vose hamda Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo rahbarligidagi delegatsiyalar iştirokida uçraşuv taşkil etildi.

Qayd etilişiça, muloqot çoğida ikki davlat örtasidagi köp qirrali hamkorlik, jumladan, savdo, transport, gumanitar va madaniy aloqalarni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilingan.

Uçraşuv yakunida Afğoniston tomonidan Samarqand şahrida barpo etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi qurilişi uçun yuborilgan 16 ta yuk maşinasidagi Hirot oq marmari Özbekiston tomonidan qabul qilib olingan.

ÖzAning yozişiça, Afğoniston tomonidan Özbekistonga 18 ta yuk maşinasida uzunligi turli ölçamdagi qalinligi 3,5-4 santimetrli noyob oq marmar toşning dastlabki 324 qutisi yetkazilgan.

Eslatib ötamiz, mart oyida Özbekiston Afğonistonga qariyb 200 tonna insonparvarlik yordami yuborgandi. Öşanda insonparvarlik yordami tarkibidan un, makaron mahsulotlari, ösimlik yoği, şakar va boşqa oziq-ovqat mahsulotlari örin olgan edi.