Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Italiya Afg‘onistonga insonparvarlik yuklarini yetkazib berishda hamkorlik qiladi – TIV
Bugun, 4 sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luiji Di Mayo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Vazirlik axborot xizmatining ma'lum qilishicha, muzokaralarda siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlik muhokama qilingan. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Italiya – Markaziy Osiyo» ikkinchi vazirlar uchrashuvi yuzasidan ham fikr almashilgan.


Shuningdek, Italiya tomoni Afg‘onistondagi Yevropa mamlakatlari va boshqa davlatlar fuqarolarini evakuatsiya qilish jarayonini tashkil etishda ko‘rsatilgan yordami uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Italiya ushbu yo‘nalishdagi aloqalarini, jumladan Afg‘onistonga insonparvarlik yuklarini yetkazib berishda hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
09:08 / 20.06.2026
Italiya va AQSh o‘rtasida yangi diplomatik mojaro yuzaga keldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
10:15 / 17.06.2026