O‘zbekiston | 20:24 / 05.09.2021
13648
2 daqiqa o‘qiladi

Taxtaqoracha dovonida ikki kun davomida qisqa muddatlarda avtomobillar harakati cheklanadi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani va Samarqand viloyati Urgut tumani hududida joylashgan Taxtaqoracha dovonida 6-7 sentabr kunlarida avtomobillar harakati ma’lum muddatlarga cheklanadi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6-7 sentyabr kunlari Qashqadaryo viloyat FVBning tomonidan M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Kitob tumanidan o‘tuvchi 1136-1146-kilometrlarida joylashgan Taxtaqoracha dovonida maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘quv rejasiga ko‘ra, fuqarolar va transport vositalarining xavfsiz harakatini ta’minlash maqsadida dovonda yo‘l chetidagi ko‘chki va tosh qulash xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda tegishli muhandislik-texnik tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan 6-7 sentabr kunlarida mazkur dovondagi yo‘lda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatlarda fuqarolar hamda transport vositalari harakatiga cheklov o‘rnatiladi va yo‘l yopiladi. Cheklovlar bir kunda 2 va 3 marotaba 30 yoki 40 minutdan davom etadi.

Mavzuga oid