Özbekiston prezidentining iqtisodiy rivojlaniş, boşqaruv va xalqaro hamkorlik böyiça maslahatçisi Suma Çakrabarti “Hoşimov iqtisodiyoti”ga bergan intervyusida qişloq xöjaligidagi tösiqlar va hukumat yerni sotişga hali tayyor emasligi haqida gapirdi.
Iqtisodçi Behzod Hoşimov “Hoşimov iqtisodiyoti” loyihasida Suma Çakrabarti bilan suhbatda ötgan asrning oxirida köplab davlatlar yer islohotini boşlab, qişloq xöjaligidagi hosildorlik ularning rivojlanişiga sabab bölgani, biroq Özbekiston bu borada harakat qilmagani haqida gapirdi.
“Köpgina Osiyo mamlakatlari, ayniqsa Şarqiy Osiyo, 1980-90-yillar oxirida, heç bölmaganda yer islohotini boşlagan. Şunday qilib, ular qişloq xöjaligini isloh qilişdi. Xitoy va boşqa mamlakatlar dehqonlarga yer berişdi, natijada qişloq xöjaligi hosildorligi ularning ösişi va rivojlanişiga olib keldi.
Ötgan 30 yil içida Özbekiston, menimça, qişloq xöjaligini isloh qiliş yönalişida harakat qilmadi. Hukumat qança paxta va buğdoy olinişida asosiy rolni öynaydi. Asosan qişloq xöjaligida iqtisodiyotni boşqariş mavjud, bu dehqonlarning mahalliy hokimiyatga boğliqligini oşiradi. Bilasizmi, dehqonlar mehnati samarasini fermerlarning özlari qölga kiritmaydi. Şunday qilib, unumdorlikni oşiriş uçun rağbat yöq”, — dedi iqtisodçi.
Prezident maslahatçisidan bu holat nima sababdan sodir bölayotgani haqida söraldi. Suma Çakrabarti Özbekistonda qişloq xöjaligida tösiqlar borligi, sarmoyadorlar yöqligi haqida gapirdi.
“Men Özbekistonda qişloq xöjaligi sohasini örganmaganman. Lekin menimça, sohadagi davlatning roli, har yili ma'lum miqdorda mahsulot sotib oliş, hokimlar va fermerlar örtasidagi munosabatlar, qişloq xöjaligiga katta çeklovlar borligi kabi masalalar batafsilroq körib çiqilişi kerak bölgan jihatlardir.
Şunday qilib, ayni paytda, davlat hali siz aytgan narsalar uçun ijaraga berilgan yer uçastkalarni sotişdan voz keçişga imkon beradigan yer islohotiga rozi bölişga tayyor emasligi aniq.
Şunday qilib, mahsuldorlik oşişi kerak, bu biroz köproq kapital talab qiladi. Sarmoyadorlar özlarida mavjud bölgan zamonaviy boşqaruv usullarini olib kelişadi, menimça, bu texnologiya va fermer xöjaliklarini boşqarişda yordam beradi. Men bu haqda kam ma'lumotga egaman, lekin köpçilik menga mahalliy hokimlarning özini tutişidan şikoyat qilgan. Asosan, ular uçun eng yaxşi foiz stavkalariga ega bank va fermerlar mustaqilligini ta'minlaş uçun hokimlar va fermerlar örtasidagi boğliqlikni uziş kerak.

















