Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning «Dunyo adolatliroq bölişi mumkin» nomli kitobi sotuvga çiqarildi. Turkuvaz kitap tomonidan naşr etilgan 216 sahifali mazkur kitobning old muqovasiga Erdöğanning portreti tuşirilgan.
Kitobning orqa muqovasida esa quyidagi fikrlar joy olgan:
«Butun dunyo taqdiriga ta'sir körsatuvçi masalalarning faqatgina beşta mamlakat tomonidan hal qilinişi na axloqiy, na adolatlidir. Dunyo beş mamlakatdan kattadir. Adolatli va barqaror global tinçlikni ta'minlaş uçun multimadaniyat va köp qutblilikni aks ettiruvçi BMTga ehtiyoj bor. Dunyo na bir qutbli va na ikki qutblidir; u na hukmron madaniyat va na bir neçta imtiyozga ega kuçlarning madaniy gegemonligi ostidadir. Köp qutbli, köp markazli, köp madaniyatli, yanada inklyuziv va adolatli dunyoni quriş mumkin. Bunday dunyo uçun ilk manzil – BMTdir. Tinçlik, barqarorlik, adolat va samarali global boşqaruvning yöli BMTni isloh qilişdan iborat. BMTning isloh qilinişi, ayniqsa, Xavfsizlik kengaşining qayta tuzilişi, albatta, butun dunyo mamlakatlarining kelişuvi bilan amalga oşiriladi.
Biz Turkiya ölaroq bu boradagi taklifimizni ançadan buyon ifoda etib kelyapmiz va uni barça davlatlar muhokamasiga oçiq qöyyapmiz. Yeçim uçun taklifimiz esa «Dunyo beş (BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a'zolari – tahr.)dan katta» iborasida öz ifodasini topadigan, BMT Xavfsizlik kengaşi tuzilmasini özgartirişga qaratilgan nuqtayi nazar hukmronligining ta'minlanişidir. Kengaş qit'alar, e'tiqodlar, kelib çiqiş va madaniyatlarni eng adolatli tarzda aks ettiradigan tarzda qayta qurilişi yeçim va global tinçlik sari taşlangan inqilobiy qadam böladi».
Erdöğan, şuningdek, global siyosat muammolariga, xususan, adolatsizlik, migratsion inqiroz, xalqaro terrorizm va islomofobiya, diskriminatsiya va ikki tomonlama standartlarga e'tibor qaratadi. Vakolat masalasida adolat ta'minlangan va veto huquqi bekor qilinadigan BMT uçun prinsipial, keng qamrovli, strategik va amalda qöllaş mumkin bölgan model taklifini ilgari suradi.
Şuningdek, Erdöğanning uşbu kitobidan quyidagi fikrlar ham örin olgan:
- «Bolalar ölgan va öldirilgan dunyoda heç kim aybsiz emas».
- «Bugungi kunda butun dunyoda eng katta ehtiyoj tuyulayotgan masalalardan biri adolatdir. Global adolat örnatiş uçun mas'ul bölgan muassasalar, afsuski, harakatsiz bir holatda turibdi».
- «Rahm-şafqatini yöqotgan bir asrda adolat vakili va vijdonning ovozi böliş mas'uliyati bizning zimmamizga tuşmoqda».
- «Kuçli haq emas, balki haq kuçli bölgan tizim örnatilmagunça biz «Dunyo beşdan kattaroq» deyişda davom etamiz».
- «Ötmişning ehtiyojlariga köra şakllantirilgan institutlar bilan bugungi muammolarni hal qilib bölmaydi. Bu institutlar hatto yangi muammolar tuğdirayotgani ham sir emas».
- «Bizning tuşunçamizga köra, dunyoning tartibini, najotini va baxtini adolat ta'minlaydi. Yanada adolatli dunyo uçun umid va işonç beruvçi global tartibga ehtiyoj bor».
Ma'lum qilinişiça, ayni paytda ingliz, arab, nemis, fransuz, rus va ispan kabi xalqaro tillarga tarjima qilinayotgan uşbu kitobdan tuşgan barça daromad AFAD (Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar vazirligi)ga ötkaziladi.












