Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Rossiya “soyadagi floti”ga tegişli tankerlar mamlakat şimoliy qirğoqlari yaqinida nişonga olinganidan keyin Qora dengizda tijoriy kemalarga qilingan hujumlarni qabul qilib bölmas, deb atadi.

«Biz bu hujumlarni heç qanday şaroitda oqlay olmaymiz. Bunday holatlarga oid zarur ogohlantirişlarni tegişli barça tomonlarga yetkazmoqdamiz», — dedi Erdöğan duşanba kuni, 1 dekabrda jurnalistlar bilan suhbatda.

Turkiya prezidentining ta’kidlaşiça, Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş Qora dengizdagi kemalar harakati xavfsizligiga oçiqdan oçiq tahdid qila boşlagan. «Juma kuni bizning maxsus iqtisodiy hududimizda kemalarni nişonga oliş voqeasi xavotirli eskalatsiyadan darak beradi», — dedi siyosatçi.

Bundan oldin Turkiya Taşqi işlar vazirligi ham neft tankerlariga qilingan hujumlar munosabati bilan taşviş bildirgan edi. Anqara “urişning Qora dengizda kengayib ketişining oldini oliş” va “mamlakatning mintaqadagi iqtisodiy manfaatlariga salbiy ta’sir körsatmaslik” maqsadida “manfaatdor tomonlar bilan aloqada” ekanini ma’lum qildi, dedi TIV vakili Ondjyu Keçeli. Hujumlar uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olgan Ukraina uning bayonotida töğridan töğri qoralanmadi.

Rossiyaning “soyadagi floti”ga mansub Kairos va Virat tankerlari 28 noyabr kuni keçqurun Turkiya sohillari yaqinida hujumga uçradi. Ukraina OAV manbalariga köra, ular Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU)ning Sea Baby turidagi dengiz dronlari tomonidan urilgan. Hujum tankerlar yuksiz holda Novorossiysk portiga yöl olayotgan vaqtda amalga oşirilgan.

Ikkala tanker ham rasman Gambiya bayroği ostida harakatlanadi, biroq Rossiya neftini taşişda iştirok etgani uçun ğarb mamlakatlari sanksiyalari ostiga kiritilgan.