Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Do‘stum va boshqa afg‘on yetakchilari tez orada yig‘ilishini aytdi

Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Agbar Dushanbeda o‘tgan matbuot anjumanida tez orada marshal Do‘stum va boshqa afg‘on yetakchilari yig‘ilish o‘tkazishini aytdi.
Elchining aytishicha, Do‘stum va yetakchilar Panjsherdagi qarshilik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilishadi. Matbuot anjumanida elchi Afg‘oniston islom respublikasi nomidan qatnashayotganini bir necha marta ta'kidladi. Janob Agbar Panjsherdagi qarshilik kuchlari hamon «Tolibon»ga qarshilik ko‘rsatayotganini aytdi.
«Qarshilik kuchlari safida nafaqat tojiklar, balki pushtunlar, o‘zbeklar va hazoriylar ham bor. Qarshilik kuchlari hamon o‘z pozitsiyasida turibdi. Hududda harbiy holat, odamlar darani tark etib, tog‘larga chiqib ketgan. Ishonchim komil, tez orada «Tolibon» Panjsher nima ekanini bilib oladi. Va yana ishonamanki, qarshilik Panjsher bilan tugamaydi va butun afg‘oniston bo‘ylab tarqaladi», dedi elchi.
Shuningdek, Afg‘oniston elchisi qarshilik kuchlari yetakchisi Ahmad Mas'ud va Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih Tojikistonga qochib o‘tmaganini aytdi: «Ahmad Mas'ud xavfsizlik choralari sabab jamoatchilik bilan aloqada emas. Amrullo Solih esa Panjsherda bo‘lib turibdi va Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumatini boshqarishda davom etmoqda».
Muhammad Zohir Agbar Dushanbedagi matbuot anjumanida toliblar Panjsherga hujumlar vaqtida bolalar va qariyalarni uyidan chiqarib otib tashlaganini aytdi. Shuningdek, elchi Pokiston Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashganini aytib, yaqinda Pokiston razvedkasi rahbari Afg‘onistonga kelgani buning isboti ekanini misol qildi.
Elchi qarshilik kuchlari o‘z pozitsiyasida turganini aytgan bo‘lsa-da, «Tolibon» Panjsherni nazoratga olganini ma'lum qilgan. Toliblar va qarshilik kuchlari o‘zaro urushlar boshlangandan buyon bir-biriga qarshi «axborot urushi» qilib turibdi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
Jamiyat | 16:21
-
1 iyuldan birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 16:07
-
Urganch xalqaro aeroportini Janubiy Koreya kompaniyasi modernizatsiya qiladi
O‘zbekiston | 15:59
-
Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Teslaʼsini yoqib yubordi
O‘zbekiston | 15:58
Mavzuga oid

16:06 / 01.11.2021
Afg‘oniston qarshilik fronti rahbari Ahmad Mas'ud Tojikistondaligi ma'lum qilindi

15:21 / 06.10.2021
Panjsherda toliblar va qarshilik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi

19:00 / 11.09.2021
Toliblar Panjsherdagi janglarda Pokiston harbiylari qatnashmaganini bildirdi

19:59 / 07.09.2021