Afğonistonning Panjşer viloyatida «Tolibon» harakati va milliy qarşilik fronti kuçlari örtasida töqnaşuvlar bölib ötdi. Bu haqda Afghanistan International telekanali xabar berdi.

Telekanal manbalarining sözlariga köra, janglar Zamankur aholi maskani yaqinida bölib ötgan va ikki soat davom etgan. Voqeaning qolgan tafsilotlari ma'lum qilinmagan.

«Tolibon» avgust oyida Afğonistonning barça viloyatlarini egalladi. Ammo Panjşer uzoq vaqt davomida qarşilik körsatib keldi.

Hozirda viloyat toliblar nazoratida, biroq Ahmad Mas'ud boşçiligidagi qarşilik kuçlari toliblarga qarşi kuraşni töxtatgani yöq.