“Tolibon”ga qarşi kuraşayotgan Afğoniston milliy qarşilik fronti yetakçisi Ahmad Mas'ud hozirda Tojikistonda. Bu haqda front vakili Kabir Vosiq ma'lum qildi.
“Hozirda Ahmad Mas'ud Tojikistonda bölib turibdi, ba'zan Afğonistonga ötib, mamlakatning turli hududlaridagi qarşilik otryadlari bilan uçraşuvlar ötkazmoqda”, – dedi u.
Vosiqning sözlariga köra, Mas'ud “Tolibon”ga qarşi kuraşda boşqa mamlakatlarning qöllab-quvvatloviga erişişga urinmoqda.
“Mas'ud mintaqa mamlakatlari va xalqaro hamjamiyatni toliblarga qarşi kuraşiş zarurligiga işontirişga harakat qilmoqda. U e'tiborni tortiş va qöllab-quvvatlovga erişiş uçun turli mamlakatlarga bormoqda”, – dedi u.
29 oktyabr kuni Tojikiston OAV Duşanbada Afğoniston milliy qarşilik fronti ofisi oçilişi, hozirda ofis binosida ta'mirlaş işlari olib borilayotgani haqida xabar bergandi. Mamlakat taşqi işlar vazirligi bu borada ma'lumotga ega emasligini ma'lum qildi.

















