Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada birdaniga ikkita tabiiy ofat yuz berdi
Idalgo shtatida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida daryo toshib, bir nechta aholi maskani suv ostida qoldi. Shu bilan bir vaqtda Gerrero shtatida 7,1 balli zilzila sodir bo‘ldi.
Meksikaga birdaniga ikkita tabiiy ofat yopirildi. Mamlakatning markaziy qismi suv toshqinlari, janubi-g‘arbi esa zilzila oqibatlaridan aziyat chekmoqda.
Idalgo shtatida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida daryo toshib, bir nechta aholi maskani suv ostida qoldi. Suv toshqinlari oqibatida 2 mingdan ortiq uy shikastlandi. Mahalliy aholiga uylarini tark etish tavsiya qilinmoqda.
Xabar qilinishicha, 30 mingdan ortiq aholi zarar ko‘rgan, ikki kishi halok bo‘lgan.
Shu bilan bir vaqtda Gerrero shtatida 7,1 balli zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda 1,6 millionga yaqin kishi elektr ta'minotisiz qoldi.
Hozirda mutaxassislar zilzila oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanmoqda.
Mavzuga oid
10:54 / 26.06.2026
Tog‘li va tog‘oldi hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
20:57 / 11.06.2026