Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Oliy va ezgu maqsadimiz – Yangi O‘zbekiston tarkibida Yangi Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir» – Prezident
Yangi O‘zbekiston tarkibida Yangi Qoraqalpog‘iston bunyod etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Bugungi s'yezdimizda taqdim etilayotgan strategiyada hududlarni mutanosib rivojlantirish masalasi ilk bor ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanmoqda.
Bu borada har bir hudud bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida 14 ta besh yillik dasturlar ishlab chiqilmoqda. Bunda, har bir tuman va shaharning muammo va imkoniyatlari o‘rganilib, “o‘sish nuqtalari” belgilab olindi. Ularga muvofiq, aniq reja va loyihalar shakllantirilmoqda. Ushbu dasturlarning mazmun-mohiyati joylardagi saylovoldi uchrashuvlarimizda, har bir hudud jamoatchiligi e'tiboriga taqdim etiladi.
Hududlarda aholi yashash sharoitini yaxshilash uchun urbanizatsiya siyosati yanada takomillashtiriladi. Shu maqsadda 18 ta katta, 22 ta o‘rta va 80 ta kichik shaharlar o‘rtasida transport-logistika tizimi va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Samarqand va Namangan kelgusi besh yilda aholi soni million nafarni tashkil etadigan shaharlarga aylantiriladi. 450 ming aholi yashashiga mo‘ljallangan Yangi Andijon shahrining dastlabki bir nechta mavzelari qurilib, foydalanishga topshiriladi. Renovatsiya dasturlari asosida, shaharlarda eskirgan uylar o‘rniga 19 million kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-joylar quriladi, 275 mingdan ziyod oilalar yangi massivlarga ko‘chiriladi.
Og‘ir ekologik sharoitga qaramasdan, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasini, uning barcha shahar, tuman va ovullarini kompleks tarzda rivojlantirish, mehnatkash va matonatli, oqko‘ngil va bag‘rikeng qoraqalpoq elining hayotini obod va farovon etishga har qachongidan ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Bizning oliy va ezgu maqsadimiz – birgalikdagi fidokorona mehnatimiz bilan Yangi O‘zbekiston tarkibida Yangi Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir”, dedi prezident.
Mavzuga oid
16:30 / 04.04.2026
Uyma-uy yordam va ijtimoiy aksiyalar: «Xalq bilan birga» dasturi qanday amalga oshiriladi?
14:05 / 06.03.2025
O‘zbekiston uchun xalqaro darajadagi 10 000 nafar moliya mutaxassisini qanday tayyorlash kerak?
20:00 / 11.09.2024
O‘zLiDep mehnat qonunchiligiga o‘zgartirish kiritish tashabbusi bilan chiqdi
16:03 / 12.07.2024