Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha 3 yilga mo‘ljallangan dasturi imzolanadi
Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Vena shahrida Parlamentlararo ittifoq tomonidan BMT va Avstriya parlamenti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Ayol spikerlarning 13-sammiti va Parlamentlar rahbarlarining 5-butunjahon konferensiyasida ishtirok etmoqda.
Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Senat rahbari BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi kotibi Geda Vali bilan uchrashuv o‘tkazdi.
BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi rahbarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, ushbu tashkilotning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun maxsus dasturini qabul qilish hamda giyohvand moddalar aylanmasi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish muzokaralarning asosiy mavzulari bo‘ldi.
“Davlat rahbari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, bolalar va tizimli majburiy mehnatga butunlay barham berish, shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi qabul qilinayotgan qat'iy choralarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Toshkentdagi BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi mintaqaviy vakolatxonasi tashkilotning xorijdagi eng yirik vakolatxonasi hisoblanadi. Bu esa O‘zbekiston bilan hamkorligimiz naqadar muhimligini ko‘rsatadi”, – deb ta'kidladi G.Vali.
Uchrashuv davomida tomonlar BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan yangi mintaqaviy dasturini imzolash uchun BMT Bosh kotibi o‘rinbosarining joriy yil noyabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida kelishuvga erishdi.
Mazkur dasturning amalga oshirilishi odam savdosi, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqbuzarliklarni o‘rganish, shuningdek, oila qadriyatlarini mustahkamlash chora-tadbirlari doirasida giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha huquq-tartibot idoralarining salohiyatini oshirish imkonini beradi.
Shuningdek, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi rahbari Afg‘oniston atrofida yuz berayotgan voqealar munosabati bilan mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashda juda muhim rol o‘ynaydigan idoralararo va transchegaraviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026