Jahon | 19:14 / 10.09.2021
4902
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada emlangan turistlar uchun mamlakatga kirish qoidalari o‘zgardi

Avvalroq 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning Turkiyaga PZR-test topshirmasdan kirishiga ruxsat berilgandi.

Foto: EPA

Turkiya endilikda mamlakatga kirayotganlarning bir komponentli vaksinalar, jumladan, «Sputnik layt» bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarini tan olmaydi. Bu haqda Turkiya IIV ma'lum qildi.

Endilikda Turkiyaga kirayotganlar ikki komponentli vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikatni parvozdan kamida 14 kun avval taqdim etishi lozim.

Bunday sertifikat taqdim etmaganlar 10 kunlik karantin o‘taydi. Shuningdek, manfiy PZR-test bilan kirish mumkin.

Bir komponentli vaksinalardan faqat Johnson & Johnson vaksinasiga ruxsat berilgan.

Avvalroq 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning Turkiyaga PZR-test topshirmasdan kirishiga ruxsat berilgandi. Aniqlik kiritilishicha, ilgari faqat 6 yoshgacha bo‘lgan bolalargina PZR-test topshirmasdan mamlakatga kirishi mumkin bo‘lgan.

Yangi qoidalar sentyabr oxirigacha amal qiladi va vaziyatdan kelib chiqib o‘zgarishi mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid