Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT Parlament assambleyasi kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etadi
Vena shahrida Parlamentlararo ittifoq ayol spikerlarning 13-sammitida ishtirok etayotgan Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi prezidenti Margarita Sederfelt bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekistonning ushbu tashkilot o‘rtasidagi hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida assambleya kuzatuvchilari missiyasining ishtiroki hamda YeXHT PA prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
M.Sederfelt parlament assambleyasi kuzatuvchilari missiyasining shu yil 24 oktabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini kuzatishda ishtirok etishga taklif etilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, PA delegatsiyasi saylovda yuqori darajadagi tarkibda ishtirok etadi va bu tashkilot doirasida O‘zbekistonga “alohida e'tibor berilayotgani”dan dalolat beradi.
M.Sederfelt yaqinda yangi tayinlangan Assambleya vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Pia Kaumning faoliyati doirasida mintaqadagi mamlakatlar, ayniqsa, birinchi navbatda O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida YeXHT PA prezidenti Margaret Sederfeltning yaqin vaqt ichida O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
10:24 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
19:26 / 21.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bilan ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026