Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmada qarshilik kuchlari hujumi vaqtida 50 nafarga yaqin harbiy va politsiyachi halok bo‘ldi
Myanmada o‘tgan dam olish kunlari Chin shtati va Maguey regionidagi mahalliy aholi vakillaridan tuzilgan qarshilik kuchlarining harbiylarga hujumi vaqtida 50 ga yaqin harbiy va politsiyachi o‘ldirildi. Bu haqda The Irrawaddy nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, 11 sentyabrda qarshilik kuchlarining 200 ga yaqin a'zosi Chindagi qishloqlardan biridagi postga hujum qilgan, biroq keyinroq ortga chekingan. O‘sha kuni kechki payt ular 400 ga yaqin kishi bilan yana bir urinishni amalga oshirib, postni egallab olishga muvaffaq bo‘lishgan. Otishma vaqtida 12 harbiy halok bo‘lgan, qarshilik kuchlarining 8 jangchisi yaralangan. Qarshilik kuchlari harbiylardan o‘qotar qurol va o‘q-dorilarini tortib olgach, postga o‘t qo‘ygan.
Magueydagi politsiya postiga hujum vaqtida esa 5 politsiyachi halok bo‘lgan, qarshilik kuchlarining 3 jangchisi yaralangan. Voqea joyiga qo‘shimcha kuch sifatida yuborilgan 30 politsiyachi pistirmadan o‘ldirilgan.
Myanmada 1 fevralga o‘tar kechasi harbiylar davlat to‘ntaruvi amalga oshirgandi. Mamlakat prezidenti Min Vin va bosh vazir Aun San Su Ji hokimiyatdan chetlatilib, hibsga olingandi. Shundan keyin Myanmada harbiy xuntaga qarshi norozilik namoyishlari boshlangandi. Avgust o‘rtasidagi ma'lumotlarga ko‘ra, namoyishlar vaqtida halok bo‘lgan fuqarolar soni 1006 nafarga yetgan.
Mavzuga oid
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
08:58 / 20.05.2026
NATO: AQSh harbiylarining qisqarishi xavf tug‘dirmaydi
16:11 / 02.05.2026
“Tasalli beruvchi ayollar” maskani - yapon harbiylari qancha qiz-ayolni jinsiy qullikka mahkum etgandi?
10:39 / 24.04.2026