19 may kuni general-leytenant Aleksus Grinkeviç Vaşingtonning Yevropadagi harbiy iştirokini qisqartiriş qarorini izohlar ekan, bu NATOning mudofaa qobiliyatini susaytirmasligini ta’kidladi.

Uning aytişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp may oyi boşida Germaniyada amerikalik harbiylarni qisqartiriş rejasini e’lon qilgan bölsa-da, bu holat alyans rejalariga jiddiy ta’sir qilmaydi.

Grinkeviçning sözlariga köra, qisqa muddatli istiqbolda bu qaror asosan 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqinidan keyin Germaniyaga joylaştirilgan 5 ming nafar amerikalik harbiyga taalluqli böladi.

Şu bilan birga, u uzoq muddatli istiqbolda Yevropa davlatlari öz harbiy salohiyatini kuçaytirayotgani sabab AQŞ qöşinlarining boşqa mintaqalarga yönaltirilişi mumkinligini aytdi.

“Men aniq vaqt jadvalini ayta olmayman, bu bir neça yillik jarayon”, — dedi NATO boş qömondoni.

Grinkeviç, şuningdek, AQŞ hozirça Germaniya hududida örta masofaga uçuvçi raketalarni joylaştirmasligini ma’lum qildi. Şu tariqa, u Donald Tramp özidan avvalgi prezident Jo Bayden ma’muriyati davrida tuzilgan kelişuvlarga amal qilmasligini tasdiqladi.

Berlin va Vaşington örtasida Bayden ma’muriyati davrida tuzilgan kelişuvga köra, AQŞ 2026 yilda Germaniyaga Rossiya hududidagi nişonlarga zarba bera oladigan örta masofali raketalarni qayta joylaştirişi kerak edi.

Ular qatorida 2500 kilometrgaça masofaga uçuvçi Tomahawk qanotli raketalari hamda yangi gipertovuşli qurollar ham borligi aytilgan.

Avvalroq Financial Times naşri Germaniya hukumati AQŞdan Tomahawk raketalarini sotib olişni rejalaştirayotgani haqida xabar bergan edi. Şuningdek, Berlin Germaniya hududida mazkur raketalarni işlab çiqariş böyiça qöşma nemis-amerika korxonasi taşkil etiş yuzasidan kelişuvga erişişga umid qilmoqda.