Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blinken toliblarga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritilishi mumkinligini istisno qilmadi
Avvalroq AQSh va boshqa qator davlatlar toliblar sanksiyalar bekor qilinishini istasa, Afg‘onistonda inson huquqlariga rioya qilinishini kafolatlashi va terrorizmga qarshi kurashishi kerakligini bildirgandi.
Agar Afg‘oniston dunyo hamjamiyati kutayotgan tarzda boshqarilmaydigan bo‘lsa, "Tolibon" qo‘shimcha xalqaro sanksiyalarga duch kelishi mumkin. Bu haqda AQSh davlat departamenti rahbari Entoni Blinken ma'lum qildi.
"Toliblar afg‘onlarning bazaviy huquqlarini buzadigan bo‘lsa, amaldagi sanksiyalar bekor qilinishini tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari, qo‘shimcha sanksiyalar kiritilishi mumkin", - dedi u.
Avvalroq AQSh va boshqa qator davlatlar toliblar sanksiyalar bekor qilinishini istasa, Afg‘onistonda inson huquqlariga rioya qilinishini kafolatlashi va terrorizmga qarshi kurashishi kerakligini bildirgandi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham BMT Afg‘onistonda butun afg‘on jamiyatini o‘z ichiga oluvchi inklyuziv hukumatni ko‘rishni istashini aytgandi.
U toliblar o‘zlarining jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishlarini, moliyaviy ko‘mak hamda sanksiyalar bekor qilinishini istayotganlarini eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026