Time 2021 yilning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatini e'lon qildi
AQShning Time nashri o‘z talqiniga ko‘ra 2021 yilning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatini e'lon qildi.

Aleksey Navalniy va Abdulg‘ani Birodar
Nashr ularni bir nechta toifa, jumladan “Titanlar”, “Novatorlar”, “San'at arboblari”, “Yetakchilar”, “Kashfiyotchilar” va “Kumirlar” bo‘yicha taqsimlab chiqqan. Ro‘yxat ishtirokchilari reytingi baholanmagan.
“Yetakchilar” toifasidan joriy yilda Jahon savdo tashkiloti rahbari Ngozi Okonjo-Iveala, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Italiya va Isroil bosh vazirlari Mario Dragi va Naftali Bennet, AQShning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari rahbari Roshel Valenski, Salvador prezidenti Nayib Bukele va “Tolibon” vakili, Afg‘oniston hukumati rahbari o‘rinbosari Abdulg‘ani Birodar o‘rin olgan. Shuningdek, ikkinchi yil qatorasiga ushbu toifaga Xitoy raisi Si Tszinpin, AQSh prezidenti Jo Bayden, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris kirgan.
“Titanlar”dan Apple bosh direktori Tim Kuk, sport gimnastikasi bo‘yicha 4 karra Olimpiya chempioni, amerikalik Simona Baylz, AQShning eng ko‘p unvonlarga ega ayol yengil atletikachisi Ellison Feliks va boshqalar joy olgan.
“Novatorlar” toifasiga qo‘shiqchi Billi Aylish, Jorj Floyd oilasining advokati Ben Kramp, Xalqaro energetika agentligi rahbari Fatix Birol, keniyalik faol Fillis Omido va boshqalar kiritilgan.
Jurnal “San'at arboblari” toifasiga aktyor Omar Si, aktrisalar Skarlett Yoxansson va Keyt Uinslet, “Eng yaxshi rejissyor” yo‘nalishida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan ilk osiyolik ayol Xloya Chjao va boshqalarni kiritgan.
“Kumirlar”dan Britaniya shahzodasi Harri va uning rafiqasi Megan Markl, ayol tennischi Naomi Osaka, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy va boshqalar joy olgan.
“Kashfiyotchilar” toifasiga SpaceX asoschisi Ilon Mask, Nvidia kompaniyasi bosh direktori Jyensen Xuang, General Motors Company bosh direktori Meri Barra va boshqalar kiritilgan.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

22:19 / 07.02.2025
Time muqovasiga prezident kursisida o‘tirgan Ilon Mask surati joylashtirildi

16:47 / 23.11.2023
Time 2023 yilning eng ta’sirli suratlarini e’lon qildi (fotojamlanma)

21:30 / 22.03.2023
Navalniy hamkasbi Mariya Pevchix xalqaro KQKF rahbari bo‘ladi

17:39 / 17.01.2023