Toşkentda Markaziy Osiyoda tuberkulyozni integratsiyalaşgan nazorat qiliş böyiça 5-xalqaro konferensiya bölib ötmoqda. Tadbir Soğliqni saqlaş vazirligi va Respublika ixtisoslaştirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan, AQŞ xalqaro taraqqiyot agentligi, Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining (JSST) Özbekistondagi vakolatxonasi texnik kömagi va Germaniya KFW taraqqiyot banki moliyaviy yordamida taşkil etildi.
Özbekistonda Tuberkulyozga qarşi tadbirlarni amalga oşiriş JSST tomonidan tavsiya etilgan “Tuberkulyozga barham beriş” strategiyasiga muvofiq amalga oşirilyapti. Uşbu strategiyani amalga oşiriş natijasida tuberkulyozga çalingan bemorlar standart diagnostika va klinik xizmatlardan foydalaniş imkoniyatiga ega bölib, xalqaro standartlarga javob beradigan davo olmoqdalar.
SSV boş ftiziatri, ftiziatriya va pulmonologiya markazi rahbari, professor Nargiza Parpiyeva Kun.uz muxbiri bilan suhbatda quyidagilarni aytdi:
“Avvalo bir narsani ta'kidlamoqçiman – tuberkulyoz davosiz kasallik emas, töğri davolansa bemor albatta butunlay soğayadi. Şuningdek, bu kasallikni davolaş bilan boğliq barça dori-darmonlar davlat tomonidan bepul ta'minlanişi kafolatlangan. Özbekiston sönggi yillarda tuberkulyozni taşxislaş va davolaşda katta tajriba töpladi, ma'lum muvaffaqiyatlarga erişdi. Oldin bu kasallikni yakuniy taşxislaş uçun 3 oy vaqt sarflagan bölsak, hozir 70 daqiqa kifoya. Bu yutuq kasallikni erta aniqlaş, tezkor va samarali davolaşda juda muhim. Şuningdek, butun dunyo böylab tuberkulyozni davolaş davomiyligi örtaça 24 oyni taşkil qilsa, Özbekiston tajribasi orqali bu muddatni avval 9 oyga tuşirdik. Hozirgi kunda esa 6 oyda töliq davolaş böyiça dastlabki natijalarni tahlil qilyapmiz. Muddatni qisqartiriş juda muhim, sababi – bu kasallikning psixologik jihatlari ham bor. Uzoq vaqt davolaniş bemor va yaqinlarining ruhiyatiga salbiy ta'sir qiladi”.
Şuningdek, professor xalq orasida “sil kasalligi” deb nomlanuvçi bu kasallikning rasmiy va töğri nomi “tuberkulyoz kasalligi” ekanligi ham bildirib ötdi.
















