Tuberkulyozga qarshi keng qamrovli chora-tadbirlar belgilandi – prezident qarori
O‘zbekistonda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Foto: Shutterstock
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «2023-2026 yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» qarori imzolandi.
Qaror bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz) ftiziatriya va pulmonologiya kasalliklarini profilaktika qilish, tashxislash, davolash hamda mazkur sohalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha respublikada bosh muassasa sifatida belgilandi.
Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2023 yildan boshlab har yili latent tuberkulyoz infeksiyasiga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafarga, latent tuberkulyoz infeksiyasiga chalingan shaxslarni davolash qamrovi 21 ming nafarga yetkaziladi, bundan tashqari, tuberkulyoz bilan kasallangan 18 ming nafargacha bemor dori vositalari bilan ta’minlanadi.
Shu bilan birga, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi mutaxassislari tomonidan tuberkulyoz bilan kasallanish xavf guruhiga mansub shaxslarni (o‘smirlar va kattalar) rentgenologik tekshiruvdan, bolalarni immunologik tekshiruvdan o‘tkazish belgilandi.
Bundan tashqari, «O‘pka salomatligi» mobil brigadasi doirasida hududlardagi olis, chekka, ekologik jihatdan noqulay hududlarda yashovchi aholiga bepul tibbiy ko‘rik doirasida skrining tadbirlari o‘tkaziladi. Buning uchun «Isuzu» mikroavtobusi bazasida olis, chekka va tog‘li hududlarga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasining texnik parametrlari ishlab chiqiladi.
O‘zbekistonda tuberkulyoz kasalligini davolash maktabini yaratishga qo‘shgan ulkan hissasini inobatga olgan holda Markazda akademik Shokir Alimov nomi tiklanadi. Uning nomidagi ilmiy maktab, Markaz tarkibida Milliy referens laboratoriyasi tashkil etiladi.
Markazga, hududlardagi ftiziatriya va pulmonologiya markazlariga hamda kattalar uchun mo‘ljallangan sihatgohlarga Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketiga kiritilmagan tibbiy xizmatlar pulli asosda ko‘rsatiladi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
Jahon | 10:53
-
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi
Jahon | 10:06
-
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
O‘zbekiston | 07:57
-
Kun.uz Ramazon hayiti bilan barchani muborakbod etadi!
O‘zbekiston | 07:01
Mavzuga oid

18:47 / 04.12.2024
Dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy, yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofotlar ta’sis etiladi

20:12 / 08.04.2024
Ramazon hayiti 10 aprel kuni nishonlanadi

15:56 / 01.02.2024
Xususiy maktablar ochishni rag‘batlantiruvchi choralar belgilandi

23:36 / 12.04.2023