Ğildirakdagi moy va loy: korrupsiya darajasini qanday ölçaş mumkin?
|17:37 / 18.09.202121 1228 min
Korrupsiya fenomeni turli mamlakatlarda turli darajadagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy ta'sirlarga ega. Lekin u bilan boğliq bölgan umumiy bir savol mavjud: korrupsiya darajasini ölçaş mumkinmi? Mumkin bölsa qanday?
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Albatta, bu savolga javob beriş oson emas. Biroq şu narsa aniqki, barça sohalarda korrupsiyaga qarşi kuraşni ta'minlaş, bu boradagi muammolarni aniqlaş va natijalarni nazorat qiliş uçun ham korrupsiya darajasi ölçanmoği darkor.
Korrupsiya – töğridan töğri ölçanadigan özgaruvçidir. Korrupsiya darajasini ölçaşga qaratilgan indekslar soni keyingi yillarda ortib bormoqda. Köp murojaat qilinayotgan mazkur indekslar Transparency International (Xalqaro şaffoflik)taşkilotining korrupsiya indeksi, Jahon bankining global boşqaruv körsatkiçlari, yangi turdagi ölçaş va baholaş vositalari sanalmiş Xalqaro şaffofliktaşkiloti barometri (GCB) va Global Integrity taşkilotining global yaxlitlik indeksidir. Şuningdek, PricewaterhouseCoopers şaffoflik indeksi ham öziga xos nufuzga ega.
Korrupsiya darajasining aniqlanişi Jahon banki va fuqarolik jamiyatiga korrupsiyaga qarşi çoralar işlab çiqişda katta yordam beradi. Ayni şu zarurat bugun korrupsiyani qanday ölçaş va kuzatib boriş mumkinligi haqidagi yangidan yangi bahslarni keltirib çiqarmoqda.
Ta'kidlaş joizki, dunyo xalqlarida korrupsiya bilan boğliq asosan ikki xil qaraş keng tarqalgan: ayrimlar korrupsiyani ğildirakning moyi deb bilişadi va ular korrupsiyani qiyinroq keçadigan jarayonni tezlaştiriş va osonlaştiriş vositasi sifatida qabul qilişadi. Ba'zilar esa korrupsiyani ğildirakka ilaşib qolgan loy deb bilişadi. Loy hajmi ortgani sari, tabiiyki, ğildirakning aylanişi ham qiyinlaşadi. Şuningdek, korrupsiya bilan boğliq turli notöğri qaraşlar ham mavjud:
1-yangliş fikr: Korrupsiya darajasini ölçaş mumkin emas.
Korrupsiyani quyidagi uç usul bilan ölçaş mumkin:
1. Tegişli manfaatdor tomonlarning fikrlarini örganiş orqali.
Bu nodavlat-notijorat taşkilotlar, xususiy sektor, davlat xizmatçilari va jismoniy şaxslar örtasida ötkazilgan sörovlarni öz içiga oladi.
2. Mamlakatlarning institutsiyaviy xususiyatlarini tadqiq etiş orqali. Bu xarid qiliş amaliyoti, budjet şaffofligi kabi korrupsiya imkoniyatlari-imtiyozlari töğrisida ma'lumot beradi.
Mavzuga oid
3. Aniq loyihalarni sinçkovlik bilan nazorat qiliş orqali. Bu usul muayyan loyihaning natijalari va xarajatlarini batafsil taqqoslaşga asoslanadi.
2-yangliş fikr: Sub'yektiv ma'lumotlar obektiv xarakter kasb etmaydi. Ular korrupsiya haqidagi noaniq va umumiy tuşunçalarni aks ettiradi.
Insonlarning korrupsiya haqidagi öz real hayotiy tajribalariga asoslangan tuşunçalari ba'zan mavjud bölgan eng yaxşi va yagona ma'lumotdir. Masalan, agar fuqarolar sudlar va içki işlar tizimini korrupsiyaga aloqador deb hisoblasalar, ular obektiv haqiqat qanday bölişidan qat'i nazar, ularning xizmatidan foydalanişni istaşmaydi.
3-yangliş fikr: Korrupsiyani ölçaşda işlatilgan sub'yektiv ma'lumotlar işonçli emas.
Ta'kidlaş lozimki, korrupsiya darajasini aniq ölçaşda heç bir ölçov 100 foiz işonçli emas.
Korrupsiyaning ayrim şakllarini, xususan, mamlakat darajasidagi korrupsiyani kuzatib boriş muqarrar ravişda bir yoki bir neçta ölçov muammosiga olib keladi. Korrupsiyani ölçaşga oid barça yondaşuvlar muayyan noaniqliklarni öz içiga oladi.
4-yangliş fikr: Korrupsiyaga qarşi kuraşda oldinga siljiş uçun keskin obektiv çoralar zarur.
Korrupsiya yaşirin tabiatga ega ekanligi bois aniq obektiv çoralarni köriş deyarli imkonsiz. Bundan taşqari, obektiv ma'lumotlar mutaxassislar, fuqarolar va kompaniyalarning hisobotlaridan köra ahamiyatliroq ekaniga doir qat'iy töxtam mavjud emas.
5-yangliş fikr: Korrupsiyaning sub'yektiv ölçovlaridan amalda foydalanib bölmaydi, ular siyosatçilarga yöl körsata olmaydi.
Bir neça turdagi kompaniyalar va şaxslar tomonidan ötkazilgan sörovnomalar hukumatga turli sohalaridagi korrupsiyaviy holatlar böyiça ma'lumot berişi mumkin. Qolaversa, korrupsiyaga oid umumiy fikrlarni kuzatib boriş hukumatning korrupsiyaga qarşi strategiyasi muvaffaqiyatini ta'minlaydigan omillardan biri bölişi mumkin.
6-yangliş fikr: Korrupsiya darajasi yuqori bölgan aksariyat mamlakatlar ham tez rivojlana olgani sababli korrupsiya bilan boğliq vaziyatni kuzatişga hojat yöq.
Daniel Kaufmanning fikriça, korrupsiyani baholaşda past natijalarga erişgan, ammo sönggi ön yilliklarda jiddiy ösiş körsatkiçlarini qayd etgan mamlakatlar korrupsiyaga qarşi kuraşda e'tiborga loyiq işlarni amalga oşirgan.
Korrupsiyani amalda ölçaşda ham katta qiyinçiliklar mavjud. Korrupsiyani ölçaşni istagan şaxs yoki firma duç keladigan ilk qiyinçilik – bu tuşunçaga oid barça birday tuşunadigan yagona va aniq bir ta'rifning yöqligidir. Çunki korrupsiya turli madaniyat va muhitlarda har xil ma'nolarda qöllanadi. Garçi xalqaro taşkilotlar uning umumiy ta'rifini yaratişga harakat qilişayotgan bölsa-da, qonuniy ravişda vujudga keladigan korrupsiyaga oid xatti-harakatlar sohalarga köra bir-biridan farq qiladi.
Korrupsiyaning umumiy ta'rifi mavjud deb faraz qilingan taqdirda ham tadqiqotçilar korrupsiyaning ölçanadigan umumiy asoslarini topişda qiyinçiliklarga duç kelişadi. Hatto korrupsiya holatlarining soniga köra olingan aniq ölçov-natijalar ham befoyda bölişi mumkin. Statistik ma'lumotlar (korrupsiya bilan boğliq jinoyatlarga aloqador aybdorlar soni va boşqalar) mavjud bölsa-da, korrupsiya bilan boğliq aksariyat holatlar aniqlanmay, jazosiz qolib ketadi.
Qolaversa, barça korrupsiyaviy holatlar bir-biriga teng ravişda sodir bölmaydi – albatta, kiçik korrupsiyaviy holatlarning davlat tenderlaridagi katta jinoyatlardan farqi bor. Bundan taşqari, bunday farqlar jinoyatlar statistikasidan ham örin olmasligi mumkin.
Mamlakatlar, odatda, amalda CPI (Perception Corruption Index)dan foydalanadi. Transparency International tomonidan 1995 yildan beri korrupsiyani ölçaş uçun foydalaniladigan indeks – CPI yordamida korrupsiyaning miqdoriy ölçovi ötkaziladi va uning mamlakatlar örtasidagi taqsimoti körib çiqiladi.
2012 yilgaça bölgan tadqiqotlarda indeks körsatkiçi noldan öngaça bölgan qiymatlarga ega edi. Unga köra, agar indeks raqami nolga teng bölsa, öşa mamlakatda korrupsiya juda yuqori, 10ga teng bölsa, aksinça, öşa mamlakatda korrupsiya darajasi juda past hisoblangan va muayyan mamlakatning boşqa davlat-mintaqalarga köra reytingda neçançi örinda ekani körsatilgan.
2012 yildan keyin ötkazilgan tadqiqotlarda esa mamlakatlar CPI’da noldan 100gaça bölgan tizimda baholab kelinmoqda. Nol ball mamlakatning öta korrupsiyalaşganidan dalolat beradi, 100 ball esa uning juda toza ekanini körsatadi. Töğri, ayrim mamlakatlar yaxşi natijaga erişadi, lekin heç bir davlat 100 ball töplay olmaydi.
Qayd etiş joiz, CPI reytingida 2020 yil yakunlariga köra, Özbekiston 26 ball bilan 180 davlat orasida 146-örinni egallab turibdi. Taqqoslaş uçun, qöşni mamlakatlar – Qozoğiston 94-, Qirğiziston 124-, Tojikiston 149-, Turkmaniston va Afğoniston esa 165-örindan joy olgan.
Özbekistonning sönggi beş yillikdagi korrupsiya darajasi körsatkiçlari
Xulosa örnida aytiş mumkinki, Özbekistonda institutsiyaviy, individual, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy kabi bir qança omillar korrupsiyaga sabab bölmoqda. Şu bois barça ma'muriy, huquqiy va iqtisodiy sohalarda korrupsiyaga qarşi çora-tadbirlar körilişi va mamlakat tuzilişiga mos yeçimlar taklif qilinişi zarur. Çunki CPI ballari va reytingida mamlakatning yuqori örinlarga ega bölişi davlatimizning işonçliligi va xalqaro nufuzi oşişida muhim omil bölib xizmat qiladi.