Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarini öz xizmat vazifalarini bajariş jarayonida pora olişdan voz keçgani uçun moddiy rağbatlantirişni huquqiy jihatdan nomuvofiq deb hisoblamoqda.
Avvalroq Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimiga 12 mln 360 ming söm (taqriban ming dollarga teng) pul mukofoti topşirilgan, bu esa tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bölgandi.
Kun.uz'ning bu boradagi söroviga javoban Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi jamoatçilik tomonidan bildirilgan e’tirozlarni asosli deb hisoblaşini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinişiça, mazkur sohadagi suiiste’molçilik holatlari va turliça amaliyotlarning oldini oliş maqsadida agentlik tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi işlab çiqilgan.
Loyihada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan şaxslarni rağbatlantiriş tartibini belgilovçi amaldagi nizomga özgartiriş kiritiş taklif etilmoqda. Unga köra, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari özlarining bevosita xizmat vazifalarini bajarişi bilan boğliq holatlarda korrupsiya haqida xabar berganlik uçun nazarda tutilgan mukofot pulini olişi mumkin bölmaydi.
Agentlikning ta’kidlaşiça, qonun ustuvorligini ta’minlaş va korrupsiyaviy holatlarga qarşi çora köriş – huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlarining töğridan töğri funksional vazifasi hisoblanadi. Şu bois, xizmat majburiyati doirasida amalga oşirilgan harakatlar uçun qöşimça moddiy rağbatlantiriş beriş maqsadga muvofiq emas.
Qayd etilişiça, mazkur jarayonlar ustidan nazorat maxsus elektron platforma orqali markazlaşgan tartibda amalga oşiriladi. Bu esa budjet mablağlarining asossiz sarflanişi oldini olişga xizmat qiladi.












