Jahon | 20:28 / 18.09.2021
6291
1 daqiqa o‘qiladi
Jazoirda mamlakat sobiq prezidentining vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e'lon qilindi
Abdulaziz Buteflika 17 sentabr kuni 85 yoshida vafot etdi.
Jazoir hukumati mamlakat sobiq prezidenti Abdulaziz Buteflikaning vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e'lon qildi.
"Prezident Abdulmajid Tebbun shanba kunidan boshlab butun mamlakat hududidagi bayroqlar tushirilishi to‘g‘risida farmoyish berdi", - deyiladi xabarda.
Buteflika Jazoirni 1999 yildan 2019 yilgacha – 20 yil davomida boshqargandi.
U 26 yoshida Jazoir tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab, dunyodagi eng yosh tashqi ishlar vaziri bo‘lgan.
Buteflika fransuz mustamlakachilariga qarshi ozodlik kurashining qahramonlaridan biri hisoblanadi.
U 2019 yil aprelda prezidentlik vakolatlaridan voz kechgandi.