Jazoir Qurolli kuçlari boş ştabi rahbari mamlakat prezidenti Abdulaziz Buteflikadan öz majburiyatlarini bajarişga layoqatsizligini e'lon qilişni talab etdi.

«Biz bu inqirozdan darhol çiqişimiz kerak, ammo barçasi konstitutsiya doirasida amalga oşadi», degan general-leytenant Ahmad Gayed Saloh televideniye orqali çiqişida.

Jazoirda bir neça haftadan buyon fuqarolar amaldagi prezident almaşişini talab qilib namoyişlar ötkazişmoqda.

Prezident Buteflika muddati keçiktirilgan navbatdagi prezidentlik saylovlarida beşinçi bor öz nomzodini qöymaslikka va'da qilgandi.

Ammo namoyişçilar u hokimiyatni topşirişiga işonişmayapti.

Namoyişçilar hozirgi hukumat tarkibidagi korrupsion amaldorlar ham ketişini talab qilmoqda
EPA

Namoyişlar bir oyça muqaddam, 82 yoşli prezident navbatdagi saylovlarga ham nomzodini qöymoqçiligini ma'lum qilganidan keyin boşlangandi.

Davlat televideniyesidagi çiqişida boş ştab boşliği va Mudofaa vaziri örinbosari hisoblanadigan Saloh mamlakatda siyosiy barqarorlik saqlab qolinişining yagona kafolati konstitutsiya ekanini ta'kidlab ötgan.

U Konstitutsiyaning 102-moddasini qöllaşni taklif qilgan, bu modda agar davlat rahbari öz lavozimiga layoqatsizligini bildirsa, mamlakat konstitutsion kengaşiga prezidentlik lavozimi böş qolganini e'lon qilişga imkon beradi.

Prezident Buteflika 2013 yilda insultni boşdan keçirgan va keyingi 6 yil davomida omma oldida juda kam köriniş bergan.

Prezident Abdelaziz Buteflika davlatni 1999 yildan buyon boşqarmoqda
AFP/GETTY

Abdulaziz Buteflika Jazoir jamiyatining yuqori harbiy tabaqasiga mansubdir. U Fransiyaga qarşi mustaqillik uruşi faxriysi hisoblanadi, uruş vaqtida u xalq orasida katta obro‘ qozongan.

Buteflika 1990-yillarda fuqarolik uruşidan keyin hokimiyat tepasiga kelgan, unga öşa vaqtlarda mamlakatni birlaştiruvçi sifatida qaraşgan.