Abdulaziz Buteflika Jazoir prezidentligiga ilk marta 1999 yilda, uning barça raqiblari saylovlardagi qoidabuzarliklarga norozilik sifatida öz nomzodlarini qaytarib olgan şaroitda saylangandi. Şundan söng u yana bir neça marta lavozimga qayta saylandi, buning uçun 2014 yilda konstitutsiya özgartirilib, prezidentlikka nomzod bölişning maksimal muddati böyiça çeklov bekor qilingandi.

U 2013 yilda insultni boşdan keçirgan, şundan keyin deyarli tildan qolgan va kolyaskada doimiy kuzatuvçi yordamida harakatlanadigan bölgandi. Şundan keyin u jamoatçilikka kam körina boşlaydi. Sönggi marta uni 2017 yilda televideniyeda körsatişgan, öşanda u mamlakat poytaxtidagi metro bekati va masjidni oçib bergandi.

2019 yilda, xorijdagi uzoq vaqtlik davolanişdan qaytgan va yoşi ötib qolganiga qaramay, beşinçi muddat uçun saylovda qatnaşişga qaror qiladi. Bu esa ommaviy namoyişlarga olib keladi, şundan keyin, 2019 yilning 2 aprel kuni u armiya bosimi ostida iste'foga çiqişga majbur böladi.

Birinçi prezidentlik muddati boşida Buteflika mamlakatdagi qurolli radikal guruhlar bilan kelişuvga erişib, mamlakatda 1990-yillardan buyon davom etgan fuqarolik uruşiga çek qöygandi.

Uning iste'fosidan keyin norozi qatlamni tinçlantiriş uçun yangi hukumat sobiq prezident atrofidagi amaldorlarga nisbatan korrupsiya holatlari böyiça tekşiruvlar boşlagan va uning yaqinlaridan bir neça kişi, jumladan uning ukasi, sönggi bir neça yillarda amalda Jazoirga rahbarlik qilgan Said Buteflika sudlanib, qamoqqa taşlangandi.