Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk generali Gretsiya bilan harbiy ixtilof holatiga Anqaraning rejasini oshkor qildi
Iste'fodagi turk generali Erdo‘g‘an Qoraqush Gretsiya bilan jangovar to‘qnashuvlar yuz berishi holatiga Anqaraning harbiy rejasini oshkor qildi.
CNN Turk telekanalidagi siyosiy debatlar davomida Qoraqush Afina bilan harbiy mojaro yuz bergudek bo‘lsa, Anqara Gretsiyaning yirikligi bo‘yicha ikkinchi shahri — Salonikiga zarba berishini aytgan.
U Gretsiya AQSh ittifoqdoshi sifatida o‘z hududini AQShning 20ta harbiy bazasini joylashtirish uchun taqdim qilganini eslatib o‘tgan. Bunday bazalardan Turkiyaga eng yaqini Aleksandrupolis shahrida joylashgan. Generalning ta'kidlashicha, ushbu baza turk armiyasining quruqlikdagi amaliyotiga qarshilik ko‘rsatish uchun to‘liq tayyor va barcha zaruriy vositalar bilan ta'minlangan.
Qoraqushning aytishicha, mojaro holatida Afina Turkiyaning Yevropadagi qismi va eng yirik shahri — Istanbulni bosib olishga harakat qiladi.
Avgust oxirida Gretsiya osmonida Turkiyaning ikkita qiruvchi samolyoti kuzatilgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, turk harbiy samolyotlari muntazam ravishda Gretsiya havo chegarasini kesib o‘tadi va Gretsiya ushbu samolyotlarni siqib chiqarish uchun bunga javoban o‘z samolyotlarini havoga ko‘taradi.
Ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat 2020 yilda Anqara Sharqiy O‘rta Yer dengizida seysmik-qidiruv ishlarini olib borishini e'lon qilgani sababli yanada keskinlashgandi. Afinaning fikricha, Turkiya bunday ishlarni olib borishda Gretsiyaning suv chegaralarini buzadi.
O‘z navbatida, aprelda Turkiya Gretsiya, Isroil va YeIga norozilik notasi jo‘natib, unda ushbu davlatlar EuroAsia Interconnector loyihasi doirasida tashkil etayotgan elektr tarmog‘i Turkiya suv hududlari orqali o‘tishini aytgan.
Mavzuga oid
13:00
O‘zbekiston va Turkiya meva-sabzavot savdosidagi cheklovlarni yumshatishni muhokama qildi
22:47 / 21.12.2025
Turkiyada og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
23:06 / 19.12.2025
Turkiya mamlakat hududiga Rossiya droni qulaganini ma’lum qildi
10:13 / 17.12.2025