12:15 / 20.09.2021
4843

Qurilish uchun metall prokati ishlab chiqaruvchilarga yangi talablar joriy qilinmoqda

Vazirlar Mahkamasi “Qurilishda ishlatiladigan metall prokati ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Hujjat bilan ichki bozorda sotiladigan mahalliy va importdan keltirilgan metall prokati sifatini texnik jihatdan tartibga solish nazarda tutilmoqda.

2021 yil 1 noyabrdan boshlab induksion pechlarda qurilish uchun metall prokati ishlab chiqaruvchilarga quyidagi talablar joriy qilinadi:

  • induksion pechda po‘lat erigandan so‘ng po‘latni kompleks qayta ishlaydigan agregatda ishlov berish;
  • ishlab chiqarish korxonalarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasining mavjud bo‘lishi hamda ushbu laboratoriyada eritilgan po‘lat va tayyor mahsulotlarning har bir partiyasini qat'iy sifat nazoratidan o‘tkazish.

Hujjat bilan qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korxonalarda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha komissiya tarkibi tasdiqlandi. Komissiya xulosa beradi, uning asosida qurilish uchun mo‘ljallangan tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega metall mahsulotlarini induksion pechlarda ishlab chiqarish va uni qo‘llashga ruxsat beriladi.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga 2021 yil 10 oktyabrga qadar eritish pechlaridan foydalangan holda metall prokatini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub'yektlarini nazorat qilishning aniq mezonlarini belgilagan holda "xavfni tahlil etish" tizimini joriy etish topshirildi.

Mavzuga oid
Top