Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni xayriya jamg‘armasi O‘zbekistonga 500 ming dollar beg‘araz yordam ajratdi
Saudiya Arabistoni “Alwaleed Philanthropies” xayriya jamg‘armasi O‘zbekistonga turli loyihalar uchun jami 500 ming dollar beg‘araz yordam ajratdi. Bu haqda O‘zbekistonning Saudiyadagi elchisi Ulug‘bek Maqsudovning jamg‘arma bosh kotibi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ma'lum qilingan.
“Alwaleed Philanthropies” xayriya jamg‘armasi bosh kotibi Lamiya bint Abdulmajid Ol Saudning aytishicha, jamg‘arma rahbari shahzoda Alvalid bin Talol tomonidan muayyan loyihalar uchun jami 500 ming AQSh dollari ajratishga rozilik bildirilgan. Ushbu mablag‘larning 200 ming dollari Orolbo‘yi mintaqasi inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast jamg‘armasiga, 150 ming dollari esa “Hunarmand” uyushmasining “Tuproqqal'a tumanida uy sharoitida qo‘lda gilam to‘qish sexini barpo etish” loyihasiga taqdim etilgan.
Bundan tashqari, xayriya jamg‘armasi bilan “Zamin” Xalqaro jamoat fondining “Eshitish qobiliyati qiyin bo‘lgan bolalar ta'limini rivojlantirish” dasturiga 150 ming dollar ajratilishi yuzasidan qisqa muddatlarda shartnoma imzolanadi.
Jamg‘arma vakili, shuningdek, hamkorlik aloqalarini muhokama qilish maqsadida kompaniya delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026