Jahon | 23:24 / 20.09.2021
2986
2 daqiqa o‘qiladi

Twitter aksiyadorlar bilan mojaroni hal qilish uchun 810 mln dollar to‘laydi

Twitter 2016 yilda kompaniyaga qarshi sudga da'vo arizasi bergan bir guruh aksiyadorlar bilan kelishuvga keldi. Kompaniya Twitter ijtimoiy tarmog‘ining ba'zi ko‘rsatkichlari borasida sarmoyachilarga noto‘g‘ri axborot berganini ta'kidlagan aksiyadorlarga 809,5 mln dollar to‘lab berishga rozi bo‘lgan.

Shu bilan birga, kompaniya qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yganini tan olmasligini aytgan. Twitter pulni yilning 4-choragida to‘lab bermoqchi.       

Da'vo arizasida aaytilishicha, kompaniya aksiyadorlarga ijtimoiy tarmoqning bir qator, jumladan ikki muhim ko‘rsatkichi – bir oylik faol foydalanuvchilari soni va foydalanuvchilarning umumiy soni haqida yanglishtiruvchi ma'lumot bergan. Da'vochilarning fikricha, 2015 yilda kompaniya aksiyadorlardan ushbu ko‘rsatkichlar sekinlashganini yashirgan, bu orada esa kompaniya top-menejyerlari, jumladan bosh direktor Dik Kostolo o‘z aksiyalarini sotib, “yuzlab million dollar” foyda olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid