«Fikri eşitilmas ekan, jamiyatda ziyolining borligidan foyda yöq» - yozuvçi Uluğbek Hamdam bilan suhbat
|23:24 / 21.09.202123 89817 min
Jamiyat, adabiyot, xususan, özbek adabiyoti, uning tahlillari yuzasidan qator suhbatlar uyuştirib, öquvçilar e'tiboriga havola etib kelayotgan Kun.uz’ning navbatdagi suhbatdoşi taniqli yozuvçi Uluğbek Hamdam böldi.
Suhbat davomida ikki tanlov orasidagi insoniyat, tubanlaşib borayotgan «yangi inson», fikrsizlik jaholati, vazifasini unutgan jamiyat ziyolilari, yoşlar, migrantlar hamda globallaşayotgan dunyoda özbeklikni saqlab qoliş muammolari haqida söz boradi.
— «Muvozanat», «Yangi inson», «Isyon va itoat».
E'tibor bersak, köplab asarlaringizning boş qahramonlari arosatda, ikki tanlov örtasidagi şaxslar. Biri moddiyat va ma'naviyat örtasida, yana biri içkari va taşqari orasida sarson.
Xöş, nega doim qahramonlaringiz ikki tanlov orasida qoladi? Balki bu öz şaxsiyatingizning aksidir. Çunki xohlaydimi yoki xohlamaydimi yozuvçining şaxsiyati doim u yaratgan qahramonlarga köçadi.
— Yaxşi kuzatuv. Aslida hayotning özida bor şu ikki yöl, tanlov. Eslang, «Avesto»da kun bilan tun, ezgulik bilan yovuzlik doim jang qiladi. Nasroniylik va Islom kabi muqaddas dinlarda ham Xudo va iblis, Rahmon va şayton mavjud. Buddaviylikda inson ezgu amallar qilib yaşasa, nirvana darajasiga kötariladi, yöqsa, u qurt-qumursqa, öt yoki it bölib qayta sinovga taşlanadi, deyiladi. Ya'ni ikki yölni, dilemmani men öylab topganim yöq, u doim bölgan. Hayotni diqqat bilan kuzatsangiz, sizning ham har kuningizda bor şunday tanlov. Ana, köçaga çiqqaningizda ağanab yotgan bir kişiga közingiz tuşdi, deylik. Unga yordam beriş kerakmi yoki indamay yonidan ötib ketiş tuzukmi? Ikkita yölmi şu? Ikkita yöl. Köpinça, “bir aroqxör-da endi”, deya yordam bermasligimizni oqlab yuramiz. Lekin yuragi uşlab qolib yoki boşqa sabab bölib yiqilib qolgan bölsa-çi? Bu haqda öylaşni istamaymiz, töğrimi?.. Demak, insonning hayoti hamişa, hamma davrlarda doimo yaxşi va yomon, nur va zulmat orasidan ötgan, bundan keyin ham şunday böladi. Çunki dunyoning özi şunday qurilgan. Şuningdek, uning quriliş materiallaridan biri moddiyat bölsa, boşqasi ma'naviyatdir. Bu masalaga munosabatda ham inson yana öşa azaliy yaxşilik va yomonlikning çiğiriğidan ötadi.
Endi içkari va taşqariga kelsak, bu ham ana şu tanlovlarni hosil qiladigan asosdir. Karl Gustav Yungning «Psixologik tiplar» degan tadqiqoti bor. Unda insonlarni ikki katta tipga böladi: introvert va ekstravert. Biri köngilga quloq soladi, taşqari bilan işi yöq, ikkinçisi köngilga tupurib qöyib, taşqarining talablari böyiça yaşaydi. Qarang, şu yerda ham ikkilik bor ekan.
Mavzuga oid
Yaxşilikni, ezgulikni tanlaydigan odamlar köproq içkariga quloq soluvçilar böladi, ma'naviyatga eş yuradi. Aksinçalar esa taşqarining talablari asosida yaşaydi, ya'ni moddiyatga köz tikişadi. Şuning uçun muvozanat kerak. Hamma işda, har doim modda va ma'no örtasida muvozanatni uşlab yaşaş kerak.
Rumiy ham aytadi: sening Yaratganga bölgan e'tiqoding içingda böladi. Lekin uni körsatiş uçun jisming bilan ta'zim qilişing kerak böladi deb. Xullas, şunday. Faqat moddaning ortidan ketiş qançalik halokatli yöl bölsa, faqat ma'naviyat deya quruq bong uriş ham şunçalar tahlikali yöldir. Modda va ma'no örtasiga köprik taşlaş haqiqiy donişmandlarning yölidir.
— Jamiyatdagi qatlamlar doimiy yangilanib turadi. Bu tabiiy jarayon. Yangi avlod qaysidir jihatlari bilan oldingi avloddan ustun turadi. Ya'ni u nisbatan keng fikrlaydi, rivojlangan, bir qadam oldinda. Uluğbek Hamdamning «Yangi Inson»i esa aksinça, tubanlaşib borayotgan kişilar sifatida tasvirlangan. Nahotki, yangi davr odamlari tubanlaşib, jarlikka qarab borayotgan bölsa?
Aytaylik, şunday bölsa, qaysi muammolar, qaysi holatlar va harakatlar yangi insonni jarlikka eltyapti?
— Yangi avlod eski avloddan ustun turadi, degan fikringizga qöşilmayman. Tarix vertikaliga rivojlanmaydi, u spiralsimon harakatlanadi: ya'ni tuşiş, kötariliş va bu ikki nuqtaning örtasida son-sanoqsiz boşqa bosqiçlarni yaşaydi u. Siz bugun yangilik deya bong urayotgan narsangiz yaxşi unutilgan eskilik bölişi mumkin. Ayrim olimlarning fikriça, zamonaviy tamaddun Şumerlar sivilizatsiya ustiga qurilgan ekan. Ya'ni bundan 4600 va 4700 yil burun barpo etilgan sivilizatsiyada hatto va hatto notarius bölgan, unda er va xotinlar huquqlari mixxatlarga bitib qöyilgan. Hozirgi ilğor jamiyatlarda mavjud bölgan boğçadan to universitetlargaça bölgan institutlarning analoglarini qurişgan şumerlar. Biz qariyb 5000 yil burungi sivilizatsiya haqida gapiryapmiz. Endi qiyoslang: 150 yil burun Markaziy Osiyda 3 ta qoloq xonlik bölgan va ularning yaşaş darajalari, saviyalari nihoyatda açinarli edi. Siz “keça eşak minib yurgan edi bobolarimiz, endi “Malibu” haydayapti, bu ustunlik” deyayotgan bölsangiz, bu masalaning faqat taşqi tarafi, xolos. Masalaning içki tomoni ham borki, u taşqaridan aslo kam va nomuhim emas.
Insoniyat jamiyatlari keyingi çorak asrda texnik tomondan juda ham ilgariladi, lekin ma'nan xuddi şunça orqaga ketdi. Uzoqqa bormaylik, özbek jamiyatini olib köraylik. Çorak asr oldin “bir kişi hamma uçun, hamma bir kişi uçun” degan şior bölar edi va jamiyat imkon qadar şu şiorga amal qilişga intilib yaşar edi. Eslayman, bizning sinfda otga qiziquvçi bir “ikkiçi” bola bölar edi, maktabga deyarli kelmasdi. Biz öğil bolalar neça borib, uni maktabga sudrab olib kelar, jamiyatning, tengdoşlarning içida bölişiga majbur qilar edik. Natijada u biz bilan birga maktabni bitirdi. Ajralib qolmadi. Hozir-çi? Hozir öz holiga taşlab qöyilgan, yolğizlikka giriftor qilinganlar soni tobora köpayib boryapti. Ijtimoiy vijdon kasallangan, oddiy navbatda turişni unutib qöydik-ku, qolganini qöyavering. Şahar kirlanib, ifloslanib ketganini qarang. Katta Darxon köçasida uyim bor. Şahar markaziga yaqin. Bir kun derazam oçiq qolsa, keçqurun bemalol şe'r yoziş mumkin stol ustidagi çangga.
Yoki boşqa millat, özga e'tiqod vakillari bölmiş xitoyliklarda yaqinda şunday voqea qayd etildi. Bir boy odam özi tuğilib ösgan qişloğining qaşşoq odamlariga alohida yer maydonlari sotib olib, uy qurib bergan. Natija nima bölgan deng? Uy talaşib, janjal kötarilgan. Milliarder hayron! Bu nimadan dalolat? Har doim ham moddiy imkonlar ma'naviy daraja bilan baravar bölmaydi. Baravar bölmaganda mana şunday açinarli hollar yuz beradi. Şuning uçun taşqarini yaxşilar ekanmiz, u içkaridagi darajaga mos kelişi haqida boş qotirişimiz lozim.
Ilgari qişloqdagi odamlarning uylari asosan haşar bilan bitardi. Hozir zamonaviy inson öz farzandiga uy qurdirayotib, ustalarga ovqat olib borgani uçun öğliga pul tölayapti. Bu nima? Ustunlikmi?..
Ilgari issiq peraşkalarga, somsalarga navbat turgandek navbatda turib gazeta, jurnal, kitob sotib olinardi. Hozirgi avlodning aksari kitobdan beş toş nari qoçyapti, bu ham rivojlanişmi?
Misollar yetarlidir, menimça. Nima demoqçiman? Hozirda dunyo moddiy jihatdan qançalik ilgarilagan bölsa, ma'naviy jihatdan şunçalik degradatsiyani boşidan keçirmoqda.
Yöq, men eski, sovet tuzumini maqtamoqçi emasman. U tuzum ham insoniyat tarixida bir tajriba bölib ötdi. Uning öziga yaraşa ijobiy tomonlari bölsa, albatta saboq oliş kerak. Salbiy tomonlariga tanqidiy köz bilan qaraş lozim. Mağzava suviga qöşib bolani ham tökib yuborişdek johillikdan Özi asrasin. Bizda saviya şundayki, salla keltir desa, yaxşi köriniş uçun kalla bilan birga olib kelinadi. Bu yomon. Juda yomon... Biz tahlil qilyapmiz, xolos. Xolis tahlilni örganişimiz şart nihoyat. Şunday tahlil qilinganda, bugun insonda altruizm çekinib, örniga egoizm şiddat bilan kirib kelganligini kuzatamiz. Yöq, ego, nafs hamişa bölgan, böladi. Uni tag-tomiri bilan qöporib taşlayman, deyiş hayotni qöporib taşlaş bilan barobar. Faqat uni me'yorga, muvozanatga soliş şart. Çunki uning hissasi bugungi jamiyatda ortgandan ortib ketdi. Ana, şahar köçalaridan birida «Egoist» degan dökon oçilganini körgandim bir neça yil burun. Bu ham jamiyatning qaysi tomonga qarab dumalab ketayotganidan darak. Egoni tarbiyalaş kerak. Uni mö'tadillaştiriş şart. Yöqsa, u dunyoni töğri jarga yetaklaydi. Yetaklamoqda. Şu ma'noda dunyoda heç kimning adadsiz boyişga haqqi yöq, deyman men. Bu masalani dunyo hamjamiyatlari yaxşilab öylab körişlari, boylarning çeksiz boyişini çeklab qöyişlari zarur. Çunki dunyoni pul boşqarayotgan bir zamonda puli eng köp bölgan bitta yakka şaxs agar yovuzlik tarafdori bölsa, insoniyatning holiga voy, deyavering!
Şu ma'noda kamina «Yangi inson» degan dostonda haqiqatning közlariga tik qaraşga harakat qildim, xolos. U yerda bitta obraz bor: yangi inson obrazi. U yuqorida aytilganlarning umumlaşma obrazidir. U öz yuragini, içkarini boy berib, taşqariga çiqib ketgan, şovqin solayotgan olomon obrazidir.
— Uluğbek aka, fikrimça, bugun özbek jamiyatidagi köpçilik muammolarning boş sababi odamlardagi fikrsizlik jaholatidir. Bu qanday kasallik, muammo ekani, uni nimalar yuzaga keltirişi haqida Jorj Oruell “1984” asarida öz fikrlarini yozib ketgandi.
Xöş, bugun jamiyatda odamlarimiz fikrlaşga qanday örgatilişi mumkin? Xalqning umumiy tafakkuri ösişi bosqiçlari nimalardan iborat bölişi kerak?
— Iso payğambar johildan qoçibdi. Nega qoçasan, axir sen Iso Masih bölsang-u, ya'ni ölikni ham tiriltirsang-u, kelib-kelib bir johildan qoçasanmi, deyişsa, johilni tarbiyalab-tuzatib bölmaydi-da, degan ekan. Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni» dostonida ham jaholat haqida rivoyat bor. Öz közlarini oçgan tabibni olovda yoqişlari uçun xas-xaşak olib boradi öşa... endi közlari oçiq, lekin hamon qalb közi yumuq johil banda.
«Muvozanat» romanida fikrlovçi, ma'rifatparvar, ilğor kişilarni jamiyatning töriga olib çiqadigan tizim yaratiş kerak, degan ğoyani singdirganman. Hozir köpçilik sohalarda faqat özidan yuqoridagi rahbarga yoqsagina kiçik xodim işlaşi mumkin bölib qolgan. U özgaçaroq fikrlay boşlasa, katta rahbar darrov işdan oladi yoki kelgusi yil şartnoma tuzmaydi. Bu nima degani? Örmonda yaşamayotgan edik, çamasi... Fikrlar qarama-qarşiligi bölmasa, jamiyatda qaçon rivojlaniş böladi?.. Bu ritorik savolga aylandi hozir.
Islohotni ta'limdan boşlaş kerak, deydilar. Ta'limda ham ahvol yaxşimas. Jamiyatni qöya turing, hatto öz sohasida uç-beş şogirdidan boşqa heç kim tanimaydigan kadrlar rektor, prorektor, dekan, kafedra mudiri bölib işlaşadi. Ular faqat va faqat rahbariga xöp degani, xöp deyişi uçun öşa yerda ötiribdi. Yöqsa, ta'limni rasvo qilayotganlarning aksari ana şunday «labbayçi»lardir! Ta'limni biznes makoniga aylantirib yuborişgan ular. Nega xolis tekşiruvlar yöq? Nega har bir sohani juda kuçli mutaxassislaridan iborat komissiyalar tekşirib haqiqiy bahosini bermaydi? Çoralar körmaydi? Jamiyatni tozalamaydi?.. Şunday deyman-u, yana Çölpon domlaning «Keça va kunduz» romanidagi Akbarali yodimga tuşib ketadi: «Soddasan-da, Akbarali, soddasan!..» deyman özimga özim.
— Biz aytayotgan jarayonda ziyolilarning ham örni yuqori. Lekin bugun bizning jamiyatda ziyolilar ham öz vazifasini uddalay olmayotgandek. Buning sababi fikrsizlik illati ziyolilar ongiga ham köçganimi yoki ziyolilarning fikrlari eşitilmayotgani, boşqaruvda inobatga olinmayotganimi?
— Ikkovi ham.Bugun ziyoli, ya'ni oydin inson sözining qadri yöq. Hatto rivojlanişning eng optimal yölini aytsangiz ham heç kim sizga quloq solmaydi. “Oğzi qiyşiq bölsa ham boyning bolasi gapirsin” deydi xalqimiz. Şafqatsiz haqiqat yaşirin şu yerda. Bugun kimning qölida zar va zör bölsa, ana öşalar gapiryapti, gaplari eşitilyapti. Lekin ular çinakam olim, ziyoli bölmagani uçun bildirgan fikrlarini hayotning özi inkor qilib taşlayapti. Mana, muammo qayerda?
Hozirda ijtimoiy tarmoqlar «qaynoq matbuot» rolini ötayapti. Gazeta jurnallar ham bor. Ularning ayrimlarida ham köp töğri gaplar aytilyapti. Qani endi barça jiddiy masalalar kötarilişi bilan ularga hukumat miqyosida reaksiya bölsa, örganilsa va xulosalar qilinsa. Şuning özida juda köp muammolar hal bölib ketardi. Agar ziyolining sözini qadrli deyişsa, loaqal şu fikrni olib hayotga tatbiq qilişsin, bir yilda natijasini körişadi, hosilini yiğişadi. Demak, ziyoliga quloq solmaslik kimlargadir qöl keladi.
— Ha, soğlom jamiyat ziyolilar fikri, körsatmalari bilan boşqariladi. Lekin bugun özbek ziyolilarining ahvoli qanday?
Bugun adabiyot, ilm ahli, diniy ulamolar va umuman ziyolilar orasida ham bir-birini körolmaslik, mahalliyçilik, şogirdbozlik kabi illatlar urçib ketmaganmikin?
— Afsuski, bu gapingiz rost. Adabiyot ahli orasida guruhbozlik, şogirdbozlik, atrofiga boşqalarni yaqinlaştirmaslik illatlari afsuski bor. Ba'zan öylab qolaman, bu millatimizning ildizida paydo bölgan va tuzatilişi kerak bölgan kasallikmikin deb.
— Adaşmasam, ötgan yilgi suhbatlaridan birida taniqli yozuvçi Erkin A'zam “bugungi hayotimizda va adabiyotimizda qandaydir çarçoq bor”, degan fikrni bildirgan edi. Agar yozuvçining aytganlarini aql prizmasidan ötkazib körsak, uning haq ekanligini tan olamiz. Bugun çindan ham kuçli bir ruhiy yangilanişga muhtojmiz, adabiyotda esa yangi söz aytiş zarurati seziladi. Bizning jamiyatda butunlay boşqa bir yondaşuvga ehtiyoj bor. Ayting-çi, jamiyat ruhiyati qanday yangilanadi özi?
— Sovet davrida adabiyot zimdan istiqlolga intilgan edi. Qaysidir ma'noda mustaqillik ğoyasi aynan badiiy adabiyot “beşigi”da voyaga yetkazildi. Mustaqillikka yetişiş bilan adabiyotning göyo asosiy vazifasi hal qilingandek qabul qilindi. Natijada ijodkor köproq könglining izhoriga berildi. Çunki 70 yillik sovet davrida köngilni izhor qiliş “yiğloqilik” deya ataldi. Çölponlarga şu ayb qöyildi. Şu soğinç mustaqillik davri adabiyotining dastlabki 15-20 yilini köngilga qaratilişiga olib keldi. Keyin esa dunyo şiddat bilan özgarib, evrilib ketdi. Ijodkor özgargan dunyoning turğun qiyofasini tutib ololmay qoldi. Boşqa tomondan, ilgari adabiyotning zimmasida bölgan sohalar – din, tarix, publitsistika, köngiloçar muassasalar... bularning bari undan ajralib çiqdi. (Ya'ni sovet davrida “din – afyun” deyilgan, man qilingan edi, lekin odamlar diniy tuyğularini adabiyot öqib qondirganlar va h.k...) Natijada adabiyotning ta'sir doirasi yana tuşdi. “Adabiyot öladimi?” degan savollar paydo böldi. Lekin adabiyot tirik va u yaşayapti. Şuningdek, bugun yuzlab qatlamlarga bölinib ketgan jamiyatning hamma kayfiyatini u yoki bu asarda birdaniga qamrab oluvçi ijodkor yöq, bölmaydi ham. Hatto Navoiy-u Tolstoylar tuğilib kelsa ham bu işni udda qilolmaydi. Çunki ilgari jamiyatlar boylar va kambağallarga bölingan edi. Şuning uçun adabiyot boy va kambağal kayfiyatini aks ettirdi. Öquvçining ijtimoiy kelib çiqişi ham boy yoki kambağal bölgani uçun asarda aks etgan muammo uni qiziqtirdi, asar öqildi. Lekin bugun tabaqalaniş juda kuçli va ijodkor hamma tabaqa kayfiyatini qamrab ololmaydi.
Sizga bitta narsada haq beraman. Yozuvçilar zamonaviy mavzuda ijtimoiy-siyosiy ruhdagi romanlarni kam yozişyapti. Hammaning kutgani şu asar. Men sizga aytsam, bu ham adabiyotning köplab mavzulari qatori bitta mavzu, xolos. Adabiyotning böyini faqat şunday asar bilan ölçayman desangiz, adabiyotni biryoqlama tuşungan bölasiz. Öylaymanki, ijtimoiy-siyosiy mavzudagi asarlar ham yozilib qoladi.
Suhbatni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Ilyos Safarov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Muhiddin Nido.