Şoir şe’rida qalamga olgan bu masala hozir qançalik dolzarb?
Şoir, tarjimon va davlat arbobi Abdulla Oripov 1980 yilda yozilgan «Olomon» şe’rida jamiyatga qarata şunday xitob qilgan edi:
Qarşingda hasratli öyga tolaman,
Qaçon xalq bölasan, ey sen, olomon?!
Xöş, öşa 80-yillarda özbek jamiyati uçun olomonçilikdan qutulib, xalq böliş mavzusi dolzarb bölgan, ziyolilarga oğriq bergan ekan, ötgan ön yilliklar bizga bir millat, bir xalq böliş uçun yetarli böldimi? Ha bölsa, buni qanday bilamiz-u, yöq bölsa, nega, nimalar tösiq bölyapti?
Özi umuman, xalq, millat, olomon nima degani? Ularning belgilari, parametrlari qanday?
Kun.uz muxbiri ayni savollar atrofida bir guruh ziyolilar bilan intervyu ötkazdi. Intervyu mehmonlari yozuvçi Uluğbek Hamdam, faylasuf Viktor Alimasov va siyosatşunos Hamid Sodiq böldi.
— Intervyuga kiriş sözimda bugun olomon, millat va xalq haqida gaplaşamiz, dedim. Keling, dastlab mana şu tuşunçalarga birma-bir ta’rif bersak, ya’ni ular nima özi, belgilari, parametrlari qanday?
Nazdingizda biz, özbekistonliklar bugun ularning qay biriga mansubmiz?
Viktor Alimasov:

— Birinçidan, şoirlarning hamma gapiga ham qöşilib bölmaydi. Çunki ular oniy kayfiyat bilan ham yozadi, Oripov ham şunday qilgandir balki.
Etnografik nuqtayi nazardan qarasak, özbeklar Baqtriya, Söğd davlatlari mavjud bölgan davrdan beri bor deyiladi. Millat sifatida 16-17 asrda şakllangan deyiladi. Tarixiy fakt bular. Olomon esa mudom bölgan. Maqsadlari, istaklari oniy bölgan, harakatlari ayni his-tuyğularidan köçgan odamlar jamlanmasi olomon böladi. Ularning maqsadi juda tez özgaradi, idora qilib bölmaydi. Ijtimoiy davlat yaratişda bizga millat, xalq va olomondan qay biri kerak, degan savollar ham uyğonadi, örinli masala bu.
Uluğbek Hamdam:


















