Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada saylovlar oldidan Saakashvili tasvirlangan “qonli” bannerlar paydo bo‘ldi
Gruziyada shaharlar va tumanlar rahbarlari hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovlari arafasida poytaxt Tbilisida mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili, sobiq bosh vazir Georgiy Gaxariya va muxolifatning boshqa vakillari tasvirlangan bannerlar paydo bo‘ldi. E'tiborlisi, bannerda qon izlari ham tasvirlangan.
Plakatlarda, shuningdek, Saakashvili partiyasi “Yagona milliy harakat” yetakchisi Nika Meliya, muxolif telekanal “Mtavari arxi” bosh direktori Nika Gvaramiya, Gruziya milliy xavfsizlik kengashi kotibi Giga Bokeriya, “TV Pirveli” telekanali boshlovchisi Nodar Meladze suratlari ham bor. Plakatda qizil rangdagi fonda gruzinchada “Milliy harakat”ga yo‘q, yovuzlikka yo‘q, sotqinlikka yo‘q” degan yozuv ham bor.
Saakashvili partiyasiga qarshi ushbu kampaniyada dastlab hukmron “Gruziya orzusi – demokratik Gruziya” partiyasi gumon qilingan. Biroq partiya raisi Irakliy Kobaxidze bu ayblovlarni rad etgan va ushbu bannerlar “minnatdor” xalqning zolim muxolifatga “sovg‘asi” deb kinoya qilgan.
Keyinroq aniqlanishicha, bannerlar chiqarilishi biznesmen Mixail Gabrichidze tomonidan moliyalashtirilgan.
“Odamlar “Yagona milliy harakat”ning qonli yillarini, ular Gruziyada qanday qon to‘kkani, odamlarni qanday qo‘rqitgani, mol-mulkni musodara qilgani, qiynoqqa solib, majruh qilganini yodda tutishlari lozim”, deb aytgan Gabrichidze.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
23:41 / 29.09.2025