O‘zbekiston | 15:47 / 21.09.2021
20757
1 daqiqa o‘qiladi

«Ruxsat berish menda emas senda, bu yerda hozircha men nomzodman» – Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish boshlovchisiga hazil qildi

O‘zLiDep partiyasidan prezidentlikka nomzod va amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi. 

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, o‘z saylovoldi kampaniyasini Bo‘zatov tumanida boshlagan amaldagi prezident shu yerda respublika faollari bilan uchrashdi va ma'ruza qildi.

Prezident ma'ruza yakunida qoraqalpoq xalqiga omonlik tiladi. Shundan so‘ng tadbir boshlovchisi, yoshlar vakili va senator Abatbay Daniyarov prezidentga yuzlandi:

– Endi hurmatli prezident, fikr bildiruvchilar bor edi, ruxsat bersangiz, ularga so‘z bersak.

– Bugun ruxsat berish menda emas, senda. Chunki bu yerda hozircha men nomzodman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga oid